Get Mystery Box with random crypto!

Teacher Abror | English blog 🇬🇧

Telegram kanalining logotibi teacherabror — Teacher Abror | English blog 🇬🇧 T
Telegram kanalining logotibi teacherabror — Teacher Abror | English blog 🇬🇧
Kanal manzili: @teacherabror
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.57K
Kanalning ta’rifi

INGLIZ TILI ENDI OSON!
Instagram: instagram.com/teacherabror
Aloqa: @MrAbrorbek

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-12-28 15:43:33
#pdf #konvertatsiya

Suratlarni PDF formatga oʻtkazib beruvchi telegram bot.

Suratdagi status yozuvlarni matn holatga keltirib beruvchi telegram bot.

PDF fileni DOC filega, DOC fileni PDF filega oʻzgartirib beruvchi telegram bot

Bu bot – talabalar uchun sessiya paytida ayniqsa kerakli

LINK @Pdfimage_bot
3.0K views12:43
Ochish/sharhlash
2022-12-28 14:21:02 19-DARS

Countable and uncountable nouns - Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (1-qism)


Ingliz tilida ham o’zbek tilidagi kabi Count and Noncount Nouns (sanaladigan va sanalmaydigan) otlar mavjud:

Count noun – bir, ikki uch… deb sanalishi mumkin bo’lgan otlar hisoblanadi.
one apple — two apples (bitta olma - ikkita olma)
one cucumber — seven cucumbers (bitta bodring, yettita bodring)
one girl — four girls (bir qiz, to'rt qiz)
one table — three tables (bitta stol, uch stol)
a book - 3 books
a cat - 5 cats …

Noncount noun – bir, ikki , uch … deb sanash mumkin bo’lmagan otlar hisoblanadi.
Water, oil, air va hokazo

Countable - sanasa bo'ladigan narsalarga birlikda a/an qo'yib yoziladi: a car, a hat, a flower, a man.

Bu so'zlar aniq artiklda kelsa "the" bilan yoziladi: the car, the house.

Ko'plikda kelganda sanog'ini yoki "some" (qanchadir) so'zini qo'llash mumkin: two cars, some cars.

Uncountable - sanab bo'lmaydigan, balki boshqa (kg, litr, metr va hokazo) mezonlarda o'lchanadigan narsalarga a/an qo'yilmaydi: water (suv), rain (yomg'ir), music (musiqa).
three waters, two rices, four milks (bunday deyish xato)

Bunday so'zlarga hech qachon ko'plik qo'shimchasi qo'yilmaydi: waters, oils, moneys - bular noto'g'ri.

"Some" so'zi bilan ishlatish mumkin: some money - qanchadir (miqdorda) pul
some music - qanchadir (uzunlikda) musiqa.

Yoki uncountable narsalarni biror idish yoki boshqa o'lchov birligi bilan aytish mumkin. U holda o'lchovdan oldin a/an qo'yiladi. Chunki o'lchov birligini sanash mumkin.

a piece of cheese - bir bo'lak pishloq
a bowl of rice - bir chini guruch
a game of tennis - bitta tennis o'yini
a cup of coffee - bir chashka kofe
a glass of water - bir stakan suv
a bottle of milk - bir butilka sut
a bar of chocolate - bir parcha shokolad.
a loaf of bread - bir kesim non
a jar of honey - bir banka asal.

P.S. ingliz tilida artikl tushunchasi mavjud bo'lib, tilda katta mavzuni va muhim o'rinni egallaydi. Bu bo'yicha alohida dars o'tamiz.


@TeacherAbror | English blog
2.7K views11:21
Ochish/sharhlash
2022-12-28 08:07:22
Learn new phrase

Case closed

@TeacherAbror | English blog
2.4K views05:07
Ochish/sharhlash
2022-12-28 07:26:47 18-DARS bo'yicha topshiriq javoblari

1. leaf > Leaves 
2. bottle > Bottles 
3. mud > Mud 
4. ice > Ice 
5. stove > Stoves 
6. duck > Ducks 
7. soap > Soaps 
8. city > Cities 
9. beach > Beaches 
10. hair > Hair 
11. salt > Salt 
12. ship > Ships 
13. rice > Rice 
14. deer > Deer 
15. blouse > Blouses 
16. work > Works 
17. snow > Snow 
18. address > Addresses 
19. animal > Animals 
20. air > Air

P.S. Ayrim otlar ham sanaladigan, ham sanalmaydigan otlar hisoblanadi. Biz odatda ishlatiladigan shaklini to'g'ri deb oldik.

@TeacherAbror | English blog
2.3K views04:26
Ochish/sharhlash
2022-12-27 17:42:27 #topshiriq

18-DARS bo'yicha topshiriq.

Quyidagi so'zlarni ko'plik shaklini yozing (agar bo'lsa) va bugungi darsni qanday o'zlashtirganingizni tekshiring.

1. leaf >  
2. bottle >  
3. mud >  
4. ice >  
5. stove >  
6. duck >  
7. soap >  
8. city >  
9. beach >  
10. hair >  
11. salt >  
12. ship >  
13. rice >  
14. deer >  
15. blouse >  
16. work >  
17. snow >  
18. address >  
19. animal >  
20. air > 

Topshiriq javoblari ertaga e'lon qilinadi.

@TeacherAbror | English blog
2.5K views14:42
Ochish/sharhlash
2022-12-27 07:33:44 18-darsga oid yangi so'zlar va ularning talaffuzi

Week - Hafta
Flower - Gul
Brother - Aka-uka
Baby - Chaqaloq
Party - Bazm
Potato - Kartoshka
Tomato - Pomidor
Bus - Avtobus
Dish - Idish
Church - Cherkov
Box - Quti
Day - Kun
Boy - O'g'il bola
Guy - Bola, yigit
Key - Kalit
Shelf - Tokcha
Wife - Rafiqa
Sheep - Qo'y
Fish - Baliq

@TeacherAbror | English blog
2.7K views04:33
Ochish/sharhlash
2022-12-27 07:23:04 18-DARS

Singular and plural - Birlik va ko'plik

O'zbek tilida "lar" qo'shimchasi ko'plikni anglatganidek ingliz tilida ham so'zning oxiriga s, es, ies va ves qo'shimchalaridan biri qo'shilishi yoki so'zning o'zgarishi bilan bo'ladi.

So'zning oxiri s, sh, ch, x harflaridan biri bilan tugagan bo'lsa, ko'plikni bildirish uchun "es" qo'shamiz:
bus - buses, dish - dishes, church - churches, box - boxes.

Bundan tashqari quyidagi so'zlarda ham shunday: potato - potatoes, tomato - tomatoes.

So'zning oxiri "y" harfi bilan tugab, undan oldingi harf unli bo'lmasa "y"ni o'rniga "ies" qo'yamiz:
baby - babies, party - parties.

Agar "y" harfidan oldin unli harflar kelsa, "s" qo'shiladi:
day -days, boy - boys, guy - guys, key - keys.

So'zning oxiri f va fe bilan tugagan so'zlarda f va fe o'rniga "ves" qo'shamiz:
shelf - shelves, wife - wives.

Bulardan boshqa so'zlarga faqat "s" qo'shiladi:
Masalan: birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini qo’shsak kifoya:
week - weeks,
flower - flowers,
brother - brothers,
book – books,
one flower – two flowers
one zebra – four zebras
one lion – three lions

Quyidagi so'zlarga o'xshash ikki bo'lakli narsalar ham asli bitta bo'lsada ko'plik deb e'tiborga olinadi:
scissors - qaychi, glasses - ko'zoynak, shoes - poyafzal, jeans - shim va hokazo.

Ba'zi so'zlarni ko'plikda ishlatish uchun hech qanday qo'shimcha qo'shilmaydi, so'zning o'zi o'zgaradi, bunday so'zlar ko'p emas, ularni yod oling va esda saqlang:
man - men,
child - children,
foot - feet,
mause - mice,
woman - women,
tooth - teeth.

Sheep va fish so'zlari umuman o'zgarmaydi. Ya'ni birlikda ham ko'plikda ham bir xil bo'ladi.

@TeacherAbror | English blog
2.7K views04:23
Ochish/sharhlash
2022-12-25 18:08:29 Chet tillarini oʻrganish boʻyicha kim koʻproq muvaffaqiyatga erishadi va tilni tez oʻrganadi?
2.9K views15:08
Ochish/sharhlash
2022-12-24 10:45:50
17-DARS | Future Continuous (INGLIZ TILIDA Kelasi davomiy zamon)

Videoni ko'rib yana bir bor future continuous boʻyicha o'tilgan mavzuni qayta o'zlashtirib oling.

Share with your friends and join us

@TeacherAbror | English blog
3.5K viewsedited  07:45
Ochish/sharhlash
2022-12-24 07:20:14 Hi everyone

Yangi darsni boshlaylikmi?
3.4K views04:20
Ochish/sharhlash