Get Mystery Box with random crypto!

Moskvaga pulsiz 1-marotaba kelsang!!! Dokument tayyorlash uc | ТАЯНЧ - TAYANCH

Moskvaga pulsiz 1-marotaba kelsang!!!

Dokument tayyorlash uchun sening 90 kun vaqting bor!

Bu degani Bo’yninggacha qarzga botish va qarsiz o’zing harakat qilish ! Boshqa yo’li yo’q Afsus

1- kun tanish qidirasan va narsalaringni unga ishonasan va kunlik ish haqqi to’lanadigan ish qidirasan( 2500-3000 rubl)
Yotoq uning 15 kishi yotadigan kvartirasi. U yerdagilardan sim karta so’raysan internet uchun ular senga yordam berishadi chunki ular ham oldin sendek holatni boshidan o’tkazishgan. Kegin metro bilan tanishtirishdi haritasini o’rgatishadi oz-moz, Troyka degan karta beradi ichiga 100 rubl solib ham beradi borish kelish uchun.



Ertasiga ishga bir amallab soat 8:00 yetib borasan ishlaysan obedinga sheriklaring oz-ozdan ovatidan berishadi , kegin ish kechga 19:00 da tugaydi 2500-3000 rubl ish haqqingni olib, yotoq qidirasan. Kvartira senga 1-kuniyoq yoqmagan buni bilaman
Obshakka ro’yhatdan o’tish va yoqtoq uchun pul to’laysan narxi 200-300 rubl atrofida kuniga 10 kunga to’lasa ham bo’ladi, uyerda 1 honada 8 kishi yashaydi

Senga maslahatim eng yaxshi yo’li shu chunki registratsiyasi bazada 100% turadi kegin patent olishda qiyinchilik bo’lmaydi

Ertasiga yana kunlik ishga chiqasan
U yerda senga aqillik insonlar yordam beradi ya’ni Zolotaya karona degan narsani aytishadi sen unga tezda qiziqib 10000 rubl qarz olasan, yeb ichish uchun o’rtacha 500 rubl (ozgina tejaysanda endi)

Kegin shu ketishda 3- kun ishga chiqasan kechga brigadir degan odam(ko’proq o’zbek) ish haqqingni ertaga berishini aytadi sen ishonib ertasiga kelasan yana ishlysan kechga pul yo’qligini aytadi yani OTILDING degani bu, eshshakdek ishlatib pulini bermadi degani( rossa alam qildi)
Undan ham yomoni u o’zbek bo’lishi,kegin tel raqamini beradi 1,2 kun tel qilasan kegin Seni raqaming blokda bo’ladi hullas puling yo’q, shunday qilib o’z millating bo’lgan o’zbeklardan ko’ngling qoladi

Bir ikki hech kim yo’q joylarda yig’lab ham olasan( sal yengil tortasan o’zingni)
Asosiysi bo’sh kelma nima maqsadda kelgan bo’lsang
Unutma, har hil ko’p pul beradigan kurerlik ishlarga qiziqma( oxiri 10 yil qamoq bilan tugaydi) ehtiyot bo’lgin!

Kegin boshqa ish qidirib 3-4 kun ishlab pul to’playsan 16000 rubl bo’lganda patent olish ga FMS degan baloga yani Saxarovaga yo’lga chiqasan(belinga 1 suv va nonni boylab) u yerga taxida emas avtobusda borgin hop narxi 47 rubl metro Lesoparkovayada joylashgan ertalab azonda yo’lga chiqqin bo’lmasa navbatni ko’rib hushingdan ketasan
Metrodan chiqayotganingda Patent rasmiylashtirish uchun talon oladigan avtomat bor u yerdan naybat olasan bilmasang 2-3 marotaba patent olgan odam yordam beradi senga( yordam so’rasang o’lib qolmesan, asosiysi hech kimga yuk bo’lmayotganing yomon ko’rinib)
Kegin Saxarovaga yetib borasan qancha erta borsang shuncha erta kelasan.shuning uchun ertaroq tur !!



Yetib ham kelding endi patent olish uchun bir amallab 11-12 larda ichkariga kirding , kiraverishda tekshiruv qiladi narsalaring ichida qurol yoki bobma yo’qligini tekshiradi buni unutma
Kegin navbat qog’oz olasan
Ichkariga kirib hujjatlaringni topshirib tekshirtirasan kegin seni qo’linga sariq braslet beradi shu orqali har-hil honalarga kirib o’zingni sog’ligingizni ko’rikdan o’tkazasan

Agar rus tilini yaxshi bilsang imtihondan o’tasan, yiqilsang cho’ntaginga ziyon( tashqarida o’zicha o’qituvchilar bor 2000 rubldan yordam beradi )

Hammsini topshirib Pasporting ortiga nakleyka yopishtirib beradi(bu bilan ishlayver degani emas) chiqishini 15 kun kutasan borib olib kegin firmalarga ishlash uchun harakat qil

Agar bahorda kelgan bo’lsang kuzgacha tashqarida ishla firmaga kuzda kirgin hop qishda tashqarida ishlash qiyin firmada bahorgacha Jon saqlab ishlab turasan( yana o’zing bilasan )

Eng zo’r maslahatim kelma bu Moskvasiga chunki
MOSKVA KO’Z YOSHLARGA ISHONMAYDI !!! Xmm

Muallif: ziyo_real