Get Mystery Box with random crypto!

#foyda_soligi Foyda solig‘i hisobot shakllariga o‘zgarishla | SOLIQ YANGILIKLARI

#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobot shakllariga o‘zgarishlar kiritildi

Bu haqda Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirish tayyorlandi.

Xususan, foyda solig‘i hisobot shakllariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilib, yangi paket kodlari biriktirildi:

Foyda solig‘i hisob-kitobi paket kodi – 1020540 ( avvalgi - 1020535).
Tovar (xizmat)lar tannarxni aniqlash, amortizatsiya ajratmalari va transfert narxni belgilash bo‘yicha yangi ilovalar qo‘shildi.
Bunda tovar (xizmat)lar tannarxni aniqlash va amortizatsiya ajratmalari bo‘yicha ilovalar yil yakuni bilan soliq hisoboti taqdim etilganda to‘ldiriladi. Mazkur ilovalar I-III choraklar uchun to‘ldirilmaydi;

Sug‘urta korxonalari uchun
paket kodi – 1020538 (avvalgi - 1020533).
Bunda
hisobotning 2-ilovasidan 040-120-satrlari chiqarib tashlandi;

Soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi paket kodi – 102029 (avvalgi - 102028).
Bunda
hisobotning 2-ilovasidan jismoniy shaxslarning STIR aks ettirish ustuni chiqarib tashlandi.

Maʼlumot uchun, 2022 yil uchun qayta hisobot topshirganda avvalgi paket kodlaridan foydalaniladi.

Shuningdek, “Foyda solig‘i bo‘yicha soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi soliq to‘lovchilarning hisob-kitobi” hisobot shakli qo‘shildi. Paket kodi - 10205_39.

Foyda solig‘i to‘lovchilari shaxsiy kabinetidagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati yordamida soliq organlarini xabardor qilish orqali mavjud imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.

soliqnews