#QQS #soliq_hisobotlari QQS hisoboti bo'yicha 2023-yil uchun | SOLIQ YANGILIKLARI
#QQS #soliq_hisobotlari
QQS hisoboti bo'yicha
2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib belgilanganligi inobatga olinib, soliq hisobotida soliq stavkasi o'zgatirilgan.
Shuningdek, Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan QQS 15 % stavka bo'yicha taqdim etilgan EHFlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilgan tuzatish summasi QQS hisobotining 1-ilova 0110-satrida aks ettiriladi.
Avval hisobotning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ma'lum qilingan edi.
Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:
01121-satr – guvohnoma holati aktiv emas; 01122-satr – kontragent guvohnomasi holati aktiv emas; 01123-satr – hisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan; 01124-satr – notijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.
Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).
3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.
Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish)SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:
1109-satr – yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda; 1110-satr – tovarlar tekinga olinganda; 1111-satr – faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.