Get Mystery Box with random crypto!

Tasnim | 📚

Telegram kanalining logotibi tasnimbooks — Tasnim | 📚 T
Telegram kanalining logotibi tasnimbooks — Tasnim | 📚
Kanal manzili: @tasnimbooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.55K
Kanalning ta’rifi

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيمْ
Bog'lanish: @Tasnimadmin
📞 : 998931132717
998908137172
Instagram - instagram.com/tasnimbooks
Taklif va savollar - @tasnimbooks_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

3

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-11 06:05:04 — Dajjolning peshonasiga kofir deb yozib qo'yilgan bo'lsa, odamlar qanday qilib unga ishonishlari mumkin?!

— Sigaret qutisida "Chekish o'ldiradi!" deb yozib qo'yiladi. Ammo chekmoqdalar-ku.



Odamlar dajjol fitnasidan aqlim bilan qutulib keta olaman, deb o'ylaydilar. Unda mantiqan o'ylab ko'ring, nima uchun odamlar o'zlarini o'ldirib borayotganlarini bilaturib, chekishda davom etadilar? Aslida biz bu narsalardan faqat Alloh subhanahu va taoloning hidoyati bilangina saqlanib qolishimiz mumkin.

Ali Davah

@Tasnimbooks |
937 views03:05
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:05:13 #savol "Sizga ergashish ...ni tahqirlash hisoblanmaganida, albatta, iymon keltirib, ko'zingizni quvontirgan, Sizni xursand qilgan bo'lur edim". Sizning yo'lingizga qilardim toqat, Manzilga qolgandi birgina qadam. Etilmaganida bobom haqorat, Ehtimol, musulmon…
836 views15:05
Ochish/sharhlash
2022-08-10 16:05:12 #mushoira

JIM YOTAR

Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan
Ezilib ne davr-u davron jim yotar.
Sayd-u sayyodlarning vahshiyligidan
Yayrab yurolmaydi – jayron jim yotar.

Haddan oshib ketsang, to‘kin chog‘larda,
Olovdek o‘rtangay qalbing dog‘larda...
Hattoki purviqor sokin tog‘larda
Paymonasin kutib, vulqon jim yotar.

Eslab ko‘r – ne sabab ikki Insonni
Haydab chiqardilar, qo‘shib shaytonni...
Nafs yomon, bir qara, sho‘rlik sichqonni
Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar.

Ey do‘stim, sheriksiz chiqmagil ovga,
Ne ham qilolarding bir o‘zing yovga.
Har inson muhtojdir boshqa birovga,
Yoysiz qolsa kor yo‘q – kamon jim yotar.

Zakiy ko‘zlar uchun yorug‘dir kech ham,
Haddini bilgaydir, oshmaydi hech ham.
Aqlli sayyodlar shoshmaydi hech ham,
O‘ljasi o‘tlaydi... Arslon jim yotar.

Xayrullo, bas, yetar, o‘ynading-kulding,
Dunyoning eng sirli o‘yinin bilding.
Shovqin-suron qilma, uch kunga kelding,
Birovning uyida mehmon jim yotar.

Xayrulla Hamidov

@Tasnimbooks |
807 views13:05
Ochish/sharhlash
2022-08-10 14:34:32 #hikmat

Sen duo qilayotgan Zot — Muso alayhissalom uchun dengizni yorib bergan va Yunus alayhissalomning zulmatlar ostida qilgan iltijosini ham eshitgan Allohdir.

G'arq bo'layotganingni sezsang ham, qarshingdagi to'siqlar dahshatli ko'rinsa ham, duoing ijobatiga hech shubhalanma.

Umar Sulaymon

@Tasnimbooks |
736 viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2022-08-10 08:08:12 #savol

"Sizga ergashish ...ni tahqirlash hisoblanmaganida, albatta, iymon keltirib, ko'zingizni quvontirgan, Sizni xursand qilgan bo'lur edim".

Sizning yo'lingizga qilardim toqat,
Manzilga qolgandi birgina qadam.
Etilmaganida bobom haqorat,
Ehtimol, musulmon bo'lardim men ham...

Yuqoridagi so'zlar Asri saodatda yashab saodat topmagan qaysi insonga tegishli?

Javoblaringizni izohda yozib qoldiring

@Tasnimbooks |
950 views05:08
Ochish/sharhlash