Get Mystery Box with random crypto!

#mushoira JIM YOTAR Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan Ezilib | Tasnim | 📚

#mushoira

JIM YOTAR

Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan
Ezilib ne davr-u davron jim yotar.
Sayd-u sayyodlarning vahshiyligidan
Yayrab yurolmaydi – jayron jim yotar.

Haddan oshib ketsang, to‘kin chog‘larda,
Olovdek o‘rtangay qalbing dog‘larda...
Hattoki purviqor sokin tog‘larda
Paymonasin kutib, vulqon jim yotar.

Eslab ko‘r – ne sabab ikki Insonni
Haydab chiqardilar, qo‘shib shaytonni...
Nafs yomon, bir qara, sho‘rlik sichqonni
Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar.

Ey do‘stim, sheriksiz chiqmagil ovga,
Ne ham qilolarding bir o‘zing yovga.
Har inson muhtojdir boshqa birovga,
Yoysiz qolsa kor yo‘q – kamon jim yotar.

Zakiy ko‘zlar uchun yorug‘dir kech ham,
Haddini bilgaydir, oshmaydi hech ham.
Aqlli sayyodlar shoshmaydi hech ham,
O‘ljasi o‘tlaydi... Arslon jim yotar.

Xayrullo, bas, yetar, o‘ynading-kulding,
Dunyoning eng sirli o‘yinin bilding.
Shovqin-suron qilma, uch kunga kelding,
Birovning uyida mehmon jim yotar.

Xayrulla Hamidov

@Tasnimbooks |