Get Mystery Box with random crypto!

Bir zot, Uvays Qaroniy hazratlarining ziyoratlariga bordi va o | Taslimiyat ...

Bir zot, Uvays Qaroniy hazratlarining ziyoratlariga bordi va oralarida shunday suhbat bo'lib o'tdi:
-"Ey Allohning suyukli quli! Menga bir nasihat qiling!"
-"Alloh taoloni bilasanmi?"
-"Ha, bilaman!"
-"Unday bo'lsa, Alloh taolodan o'zga narsalarni bilma. Uning o'zi senga kifoya qiladi!"
-"Ey hazrat, menga yana bir nasihat qiling!"
-"Nima deysan, Alloh taolo seni biladimi?"
-"Ha, albatta biladi!"
-"Unaqada, Allohdan o'zgasi seni (kimligingni) bilmasin. Alloh taoloning bilishi, sening uchun kifoyadir!"

@taslimiyaat