Get Mystery Box with random crypto!

Ota haqidagi haqiqiy tushuncha: 1. Otang senga tanbeh bergani | Taslimiyat ...

Ota haqidagi haqiqiy tushuncha:

1. Otang senga tanbeh berganida seni yomon koʻrmaydi.
2. Otang senga bosim qilganida sening oʻsishingni istaydi.
3. Otang jim turgan boʻlsa, sening kelajaging haqida bosh qotirayotgan boʻladi.
4. Otang biron narsani tejayotgan boʻlsa, bilib qoʻyki, oʻz nafsini butunlay mahrum qilgan boʻladi.
5. Otang hansirab qolsa, bilib qoʻyki, sen sababli shunday boʻlgan.
6. Otang kulsa, bilib qoʻyki, bunga ham sababchi sensan.
7. Otang qattiq qoʻl boʻlib qolsa, bilib qoʻyki, sen uning gapiga kirmagan boʻlasan.
8. Otang xonasini qulflab olgan boʻlsa, bilib qoʻyki, yigʻlayotgan boʻladi.
9. Otangga ovozingni balandlatsang, bilib qoʻyki, uni tiriklayin goʻrga tiqqan boʻlasan.
10. Oʻzingni darbadar va sargardon holda koʻrsang, bilib qoʻyki, otang sendan gʻazablangan boʻladi.
11. Otang toʻshakda yotib, gapirmayotgan boʻlsa, bilib qoʻyki, ulkan suyanchiq togʻingni yoʻqotib, boʻshliqqa yuz tutgan boʻlasan. Endi bu boʻshliqni hech qanday xotira toʻldira olmaydi.


@taslimiyaat | ulashing.....