Get Mystery Box with random crypto!

#haqiqat Alloh taologa duo qilamiz-u, lekin ijobat bo‘lmasa, | Taslimiyat ...

#haqiqat

Alloh taologa duo qilamiz-u, lekin ijobat bo‘lmasa, buning sababi shuki, qalbimiz o‘nta
narsa bilan o‘lgan:
- Allohni taniymiz-u haqqini ado etmaymiz
- Alloh kitobini o‘qiymiz-u unga amal qilmaymiz
- Shaytonni dushman, deb da’vo qilamiz-u, lekin uni do‘st tutamiz
- Rasulullohni yaxshi ko‘ramiz, deb da’vo qilamiz-u, ammo ul zotning yo‘llaridan yurmaymiz va
sunnatlarini bajarmaymiz
- Jannatni yaxshi ko‘ramiz-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaymiz.
- Jahannamdan qo‘rqamiz-u gunohlardan tiyilmaymiz
- O’lim haq, deb da’voda bo‘lamiz-u, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaymiz
- Birovlarning ayblarini ko‘ramiz-u o‘z ayblarimizni ko‘rmaymiz.
- Alloh bergan rizqni yeymiz-u, lekin shukronasini qilmaymiz
- O’liklaringizni dafn etamiz-u, ammo bundan ibrat olmaymiz

O’lik yer samar bermaganidek, O‘lik qalbdan chiqqan duo ham qanday ijobat boʼlsin..

"Ibrohim Adham" Soʻzlaridan

@Taslimiyaat