Gul suvga oshiq boʻldi... Suvga: – Seni sevaman, – deb aytdi | Taslimiyat ...
Gul suvga oshiq boʻldi... Suvga: – Seni sevaman, – deb aytdi. Suv: – Men ham seni sevaman, – dedi. Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga: – Seni sevaman, – dedi. Suv: – Men ham seni sevaman, – dedi... Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi... Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib: – Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi. Tabib esa: – Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi... Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan. Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...