Get Mystery Box with random crypto!

Qaysarni bo‘ysundirish yoki Katya laqabli olmaxonning hayvonot | Tashkent Zoo Official

Qaysarni bo‘ysundirish yoki Katya laqabli olmaxonning hayvonot bog‘idagi hayotidan parchalar.

Ikki rangli Malayziya olmaxoni bizga 2015-yilda shaxsiy kolleksiyadan o‘tgan.

Uzoq o‘ylab o‘tirmasdan unga Katya laqabini berdik – bunday chiroyli olmaxonga bu ism juda yarashgan, shunday emasmi?

Каtya – juda injiq jonivor, kayfiyati yo‘qligida uning yoniga yo‘lamagan ma'qul. Bunday paytlarda biz uni o‘z holiga qo‘yib, chetdan kuzatib turamiz. Ex, ayollarning bahor havosidek o‘zgaruvchan tabiati bor bo‘lsin!

Kayfiyati yaxshi paytda esa Katya baxtdan porlab turadi, o‘ynaydi, xodimlarimizning yelkasi yoki tizzasiga sakrab chiqib oladi. Juda o‘yinqaroqda.

Aslida Katya juda ochiqko‘ngil jonivor, ammo har bir ishchimiz unga o‘zgacha yondashadi.

Svetlana uning birinchi dugonasiga aylandi, ular tezda til topishib olishdi va bir-birlariga mehr qo‘yishdi. Keyin esa olmaxonimiz Islom ismli xodimimiz bilan do‘st tutinib oldi, u hozirgacha Katyani parvarishlaydi, birga o‘ynaydi.

Katyaga turfa ozuqalar beriladi: u uzum, olma, tut daraxti navdalarini juda yaxshi ko‘radi, shuningdek, daraxtlarda endi bosh chiqargan kurtaklarni ham mazza qilib yeydi, bu esa uning organizmi uchun juda foydali.

Go‘zallik va salomatlikni saqlash uchun kerakli vitaminlarni esa u banan, olma va anordan oladi.

G‘udda, cho‘chqayong‘oq, kashtanlar va yeryong‘och esa uning kayfiyatini ko‘taradi, melanxoliyaga berilgan vaqtlarda ularni kemirib o‘tiradi...

Mana shunaqangi o‘zgaruvchan va nafosatga boy u. Keling va ehtiyot bo‘ling: uni sevib qolish ehtimoli juda yuqori.

_

Укрощение строптивой, или Как в зоопарке живётся белке Кате.

Малайская двухцветная белка поступила к нам в 2015 году из частной коллекции.

Недолго думая мы назвали ее Катей – такой красавице оно очень подходит, не так ли?

Катя – животное настроения и когда она не в духе, ее лучше не трогать. Мы оставляем ее наедине с мыслями и просто наблюдаем. Ох, уж этот переменчивый женский нрав!

А если у нее все хорошо, то Катя просто светится от счастья, играет, прыгает на плечо или на колени к нашим сотрудникам. Та еще кокетка.

На самом деле Катя очень дружелюбная, но у каждого работника к ней свой подход.

Первой ее подругой стала Светлана, они очень полюбили друг друга и легко нашли общий язык, а потом белка подружилась с нашим сотрудником по имени Ислом, который ухаживает за ней, играется и по сей день.

Меню у Кати разнообразное: она очень любит веточки деревьев, таких как виноград, яблоня, тутовник, а также с удовольствием ест только-только появившиеся на деревьях почки, что очень полезно для ее организма.

Для поддержания красоты и здоровья ей нужны витамины, которые она получает с бананов, яблок и гранатов.

А настроение ей поднимают шишки, желуди, каштаны и земляные орешки, которые она грызет в периоды меланхолии...

Вот такая она у нас разная и очень женственная. Приходите и будьте осторожны: шанс в нее влюбиться очень высок.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz