Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent hayvonot bog‘ida musanglar tug‘ilganligi haqidagi aql | Tashkent Zoo Official

Toshkent hayvonot bog‘ida musanglar tug‘ilganligi haqidagi aql bovar qilmas hikoya.

2020 yil qiyinchilik va sinovlarga to‘la bo‘ldi. Ammo pandemiya, cheksiz niqobda yurish rejimi va xavotir bilan bir qatorda quvonchli voqealar ham bo‘ldi. Misol uchun, hayvonot bog‘imizda o‘sha vaqtda 4 yosh bo‘lgan musanglar Pele va Latte ikkita yoqimtoy chaqaloqlar — Maksim va Kassandraning ota-onasi bo‘lishdi, ular yaqinda boshqa shahar hayvonot bog‘iga ko‘chirildi.

Musanglarimiz ota-ona bo‘lganiga roppa-rosa 2 yil bo‘ldi va bugun sizlar bilan musanglar qiziqarli ma'lumotlar bilan bo‘lishmoqchimiz, siz ular haqida bilmagan bo‘lishingiz ham mumkin:

Dunyoda bu jonivorlarning 30 xil turi mavjud;
Musang oddiy mushukdan katta emas. Tanasining maksimal uzunligi 60 sm bo‘lib, vazni 4 kg;
Musangning momiq dumining uzunligi tanasining kattaligiga teng bo‘lishi mumkin;
Ular kunduzgi faollikni yoqtirmaydi. Tun — ovqat izlash uchun sevimli vaqti;
Nar va urgʻochi musanglar bir xil shakldagi bezlarga ega bo‘lib, ular o‘ziga xos muskusli hid chiqaradi va parfyumeriya sohasida qoʻllaniladi;
Musanglar — yolg‘iz yashashni yaxshi ko‘rishadi. Ular faqat nikoh mavsumidagina juft qidiradilar.
Musanglar Xitoyda mashhur uy hayvonlari hisoblanadi. Bu hayvonlar tezda odamlarga ko‘nikadi va qo‘lga o‘rganib qolishadi;
Musanglarning sevimli taomi — qahva donalari;
Musanglar dunyodagi eng qimmat qahva navlaridan biri bo‘lgan «Kopi Luvak» «ishlab chiqaruvchisi» hisoblanadi. Ular qahva daraxtining pishgan mevalarini yeyishadi va qahva donalarini o‘rab turgan yumshoq qismini hazm qilishadi. Keyin axlat bilan chiqqan donachalar yig‘iladi, yuviladi va quyoshda quritiladi.

Bundan tashqari — Pele va Latte siz bilan muloqot qilish va o‘zlarini ko‘rsatish uchun sizlarni kutishmoqda.



Невероятная история рождения мусангов в Ташкентском зоопарке.

2020-й год был полон сложностей и испытаний. Но, наряду с пандемией, бесконечным масочным режимом и переживаниями, происходили и очень радостные события. К примеру, в нашем зоопарке, 4-х летние на то время мусанги Пеле и Латтэ, стали родителями двух очаровательных малышей — Максима и Кассандры, которые недавно были переданы в зоопарк другого города.

Прошло ровно 2 года с того момента, как наши обитатели стали родителями, и сегодня мы хотим поделиться с вами интересными фактами о мусангах, которые вы наверное не знали раньше:

В мире насчитывается 30 различных видов этих животных;
По размеру мусанг не больше обычной кошки. Максимальная длина его тела не превышает 60 см при весе в 4 кг;
Длина пушистого хвоста мусангa может быть равна размеру тела;
Это животное не любит активничать днем. Ночь — излюбленное время для поиска пропитания;
Самцы и самки мусангов имеют одинаковые по форме железы, которые выделяют мускус со специфическим запахом, который используется в парфюмерии;
Мусанги — одиночные животные. Они ищут пару только на период размножения.
В Китае мусанги — популярные домашние питомцы. Эти зверьки быстро привыкают к человеку и легко приручаются;
Любимое лакомство мусангов — кофейные зерна;
Мусанги — «производители» одного из самых дорогих в мире сортов кофе «Копи-лувак». Так, они поедают спелые плоды кофейного дерева и переваривают окружающую кофейные зёрна мякоть. Затем испражнённые зёрнышки собираются, моются и сушатся на солнце. 

А еще — Пеле и Латтэ ждут вас в гости, чтобы пообщаться с вами и показать себя во всей красе.