Get Mystery Box with random crypto!

tashpmi_press

Telegram kanalining logotibi tashpmi_press — tashpmi_press T
Telegram kanalining logotibi tashpmi_press — tashpmi_press
Kanal manzili: @tashpmi_press
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.78K
Kanalning ta’rifi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yangiliklari / Новости Ташкентского педиатрического медицинского института
📞 71 262-33-20
📧 press@tashpmi.uz
🌐 www.tashpmi.uz
📲 instagram.com/tashpmi_press
📲 facebook.com/tashpmi.press
© ToshPTI Matbuot xizmat

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-06 20:54:17
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu toifadagi abiturientlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.

Bizni kuzating: @eduuz
777 views17:54
Ochish/sharhlash
2022-07-06 19:17:19
#МенингКонституциям #Муҳокама

Азиз ватандошлар!

Конституцияни такомиллаштириш бўйича таклиф ва мулоҳазаларни йўллаш 15 июлга қадар давом этади.

Сизнинг фикрингиз жуда муҳим! Ўзбекистон Республикаси Конституцияси лойиҳасининг жамоатчилик муҳокамасида фаол иштирок этишга чорлаб қоламиз!

Ўзингиз, оилангиз, маҳаллангиз ва жамиятимиз орзу-умидлари рўёбини чиқаришда халқчил Конституция бўлишида ўз ҳиссангизни қўшинг.

Таклиф билдириш учун

1.
http://www.meningkonstitutsiyam.uz
2. Қисқа рақам: 1341
3. Манзил: Ўзбекистон, 100035, Тошкент, Чилонзор тумани, Бунёдкор шох кўчаси, 1

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
757 views16:17
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:19:39 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
720 views13:19
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:19:33 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 635 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
622 views13:19
Ochish/sharhlash
2022-07-06 16:19:27 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 587 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
588 views13:19
Ochish/sharhlash
2022-07-06 15:19:06 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 809 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 230 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 446 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 99 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 34 ta.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
697 views12:19
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:57:51 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 617 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 2 460 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 891 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 198 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 68 ta.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
796 views10:57
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:51:01 Олий таълим муассасаларининг бакалавриатига кириш тест синовлари стадион ва хиёбонларда ўтказилади

Давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш жараёнларини мувофиқлаштириш бўйича давлат комиссиясининг 1-сон баёни тасдиқланди.

Унда 2022-2023-ўқув йилида олий таълим муассасаларининг бакалавриатига ўқишга қабул қилиш учун кириш тест синовлари стадион ва хиёбонларда ўтказилиши белгиланди.

Telegram | YouTube
841 views10:51
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:51:41#Munosabat

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi voqealardan juda qaygʻuga tushdim. Norozichilik namoyishi yurtimiz ravnaqini koʻra olmaydigan, ikki xalq tinchligini buzish va koʻp yillik qardoshlik aloqalarini uzishga qaratilgan. Mamlakatimizda bu kabi urinishlar koʻp boʻlgan va bunday sinovlarni birgalikda yengib kelmoqdamiz.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar qatorida tibbiyotda ham sezilarli natijalarga erishilmoqda.

Bu borada, inson organlari va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha imzolangan Qarordan soʻng joriy yilda Nukus shahrida 12 nafar, Beruniy tumanida esa bir nafar bemorda ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti bajarildi va 2023-yildan boshlab bu amaliyotlarni toʻliq yoʻlga qoʻyish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli tibbiyot markazi zarur tibbiyot uskunalar bilan taʼminlanadi.

Qoraqalpogʻistonda boʻlgan voqealar, et va tirnoq boʻlgan ikki millatning oʻrtasidagi doʻstlikka taʼsir etmasligiga ishonaman.

Botir Daminov,
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori

Bizni kuzating: @eduuz
991 views06:51
Ochish/sharhlash
2022-07-05 08:47:07
#Qabul2022
#magistratura

Xabaringiz bor 1-iyuldan e'tiboran 2022/2023-o'quv yiliga magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangan.

Ushbu videoqo'llanma orqali magistr.edu.uz platformasida onlayn hujjat yuborish tartibini bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating: @eduuz
919 views05:47
Ochish/sharhlash