Get Mystery Box with random crypto!

tashpmi_press

Telegram kanalining logotibi tashpmi_press — tashpmi_press T
Telegram kanalining logotibi tashpmi_press — tashpmi_press
Kanal manzili: @tashpmi_press
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.78K
Kanalning ta’rifi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yangiliklari / Новости Ташкентского педиатрического медицинского института
📞 71 262-33-20
📧 press@tashpmi.uz
🌐 www.tashpmi.uz
📲 instagram.com/tashpmi_press
📲 facebook.com/tashpmi.press
© ToshPTI Matbuot xizmat

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-23 07:29:02
#Magistratura_2022

Magistratura qabul natijalari e'lon qilinmoqda

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.

Shundan:

xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;

davlat stipendiantlari — 296 ta;

kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;

kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;

ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.

Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.8K views04:29
Ochish/sharhlash
2022-08-22 21:54:32 #Qabul2022
#magistratura

Ertaga magistratura mandati eʼlon qilinishi kutilmoqda

2022/2023-oʻquv yili davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha hujjat topshirgan talabgorlar qabul natijalari vazirlikning @eduuz telegram kanali va magistr.edu.uz platformasi orqali eʼlon qilinadi.

@otv_press_sekretar
1.8K views18:54
Ochish/sharhlash
2022-08-22 17:56:26 Мукофот жамғармаси 1 миллион доллар бўлган Президент соврини учун танлов ўтказилади

Президентнинг “2022-2023 йилларда ахборот-коммуникация технологиялари соҳасини янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори имзоланди.

Ҳужжат билан:

2022-2023 йилларда соҳани ривожлантиришнинг асосий вазифалари белгиланди. Мисол учун, 2022 йил якунига қадар аҳоли яшаш масканларини кенг полосали мобил алоқа тармоғи билан қамраб олиш даражаси 98 фоизга, халқаро аҳамиятга эга автомобиль йўллари бўйлаб юқори тезликдаги мобил интернет қамровини 60 фоизга етказилади;

2022 йил 1 сентябрдан бошлаб республиканинг барча ҳудудларида АКТни қўллаш орқали масофавий хизматларни экспорт қилиш марказлари босқичма-босқич ташкил этилади;

2022 йил 1 ноябрдан мобил алоқа операторлари, тижорат банклари ҳамда тўлов тизимлари операторларига ахборот хавфсизлиги талабларига риоя этган ҳолда, ўзларининг мобил иловалари орқали Ягона порталдаги электрон давлат хизматларини курсатишга рухсат берилади;

2023 йилдан бошлаб ҳар йили ёшларнинг ахборот-коммуникация технологиялари соҳасидаги стартап лойиҳаларини янада қўллаб-қувватлаш мақсадида Ахборот-коммуникация технологияларини ривожлантириш жамғармаси ҳисобидан умумий мукофот жамғармаси 1 миллион доллар бўлган Президент соврини учун танлов ўтказилади;

2022 йил 1 октябрдан бошлаб АКТ соҳасида IT-таълим хизматларини кўрсатиш, дастурий маҳсулотлар ишлаб чиқиш ҳамда экспортга йўналтириш бўйича стартап лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш учун ИТСВ ҳузуридаги Ёш тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш жамғармаси ҳисобидан Инновацион ривожланиш вазирлиги томонидан ўтказиладиган танлов асосида 1 миллиард сўмгача бўлган грантлар ажратиш тартиби жорий қилинади.

@segmentuz
1.9K views14:56
Ochish/sharhlash
2022-08-21 10:45:25 ​​ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari kuni aniq bo‘ldi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMdan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olinadi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.8K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-07-07 15:18:09
2022/2023 O'QUV YILI UCHUN OTMLARGA QABUL BO'YICHA SAVOLLARGA JAVOB BERILDI

"Madaniyat va ma'rifat" telekanalining “Bugun intervyu” dasturining navbatdagi sonida Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga qabul bo'yicha mas'ul kotib Mahammadjon Nishantayevning 2022 /2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul yuzasidan inetrvyusi e'tiboringizga havola qilinadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
487 views12:18
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:45:25
«O‘zbekistonlik»: Bu safar “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan vatandosh qahramonlarimiz haqida

Tez kunda «O‘zbekistonlik» hujjatli filmining ikkinchi mavsum premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu safar milliarder Ilon Maskka tegishli “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning hikoyalari namoyish etiladi.

Qahramonlardan biri — Toshkent aviatsiya instituti bitiruvchisi. U yaratgan kompaniya “SpaceX” kichik kosmik uskunalarni ishga tushirish dasturi doirasidagi parvozlarda ishtirok etadi. Ikkinchi qahramon — “Tesla”ning Germaniyadagi ofisida ishlayotgan ilk o‘zbek qizi haqida.

O‘z kasb faoliyatida yuqori cho‘qqilarni zabt etayotgan, turli xil hayot qiyinchiliklariga duch kelgan mana shunday qahramon vatandoshlarimiz chin ma’noda yoshlarimizga o‘rnak bo‘la oladi, degan umiddamiz. Tez kunda ikkinchi mavsum premyerasi!

@alisher_sadullaev
482 views11:45
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:17:39 #Qabul2022

Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
512 views10:17
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:05:31 #Qabul2022

Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating: @eduuz
566 views09:05
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:22:33
#Qabul2022

ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari (OTM)ning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi:

joriy yil kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, istalgan OTMda tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi;
boshqa toifadagi abiturientlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
Respyblika OTM bakalavriatining davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Shuningdek, OTM tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2022-yil 10-avgustgacha o‘tkazilishi belgilandi.

@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
588 views08:22
Ochish/sharhlash
2022-07-07 10:25:03
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating: @eduuz
600 views07:25
Ochish/sharhlash