Get Mystery Box with random crypto!

Fanta... 'Fanta' Germaniyada 1940-yilda ikkinchi jahon urushi | Tarixiyat

Fanta...

"Fanta" Germaniyada 1940-yilda ikkinchi jahon urushi paytida ixtiro qilinganligini bilsangiz kerak. Gitlerga qarshi koalitsiya tomonidan kiritilgan embargo tufayli Germaniyaga Coca-Cola ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan sirop yetkazib berish to'xtatiladi. Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyadagi Coca-Cola bo'limiga mas'ul bo'lgan Maks Kite o'sha paytda Germaniyada mavjud bo'lgan ingredientlar asosida yangi mahsulot yaratishga qaror qiladi. Yangi ichimlikning asosiy tarkibiy qismlari olma va zardob (pishloq ishlab chiqarishdagi qo'shimcha mahsulot) edi. Olingan ichimlik sarg'ish rangga ega bo'lib, hozir eng keng tarqalgan apelsinli "Fanta"dan ta'mi juda farq qilgan. Ichimlikning nomi Kitening ishchilariga "tasavvuringizni ishga soling" (nemis tilida - "Fantasie") deb boshlangan jamoaviy munozara natijasida paydo boʻlgan va oʻsha yerda boʻlgan Jo Knipp boshlig'ining gapidan soʻng darhol "Fanta" variantini bergan, degan versiya mavjud.

T.me/tarixiyat