Get Mystery Box with random crypto!

Rad etib boʻlmas sovgʻa... 1922-yilda insoniyat tarixidagi en | Tarixiyat

Rad etib boʻlmas sovgʻa...

1922-yilda insoniyat tarixidagi eng buyuk olimlardan biri bo'lgan Nils Bor atomlarning tuzilishi bo'yicha tadqiqotlari va kvant mexanikasidagi dastlabki ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi. Bor daniyalik edi va uning vatandoshlari uning yutuqlaridan benihoya faxrlanishdiki, ular olimni sovg'alar bilan tom ma'noda koʻmib tashladi. Ammo ularning eng originali Carlsberg pivo zavodi tomonidan taqdim etilgan. Pivo ishlab chiqaruvchilar Borga o'z fabrikasidan unchalik uzoq bo'lmagan kichik uchastkadan uy berishgan. Bu uyning o'ziga xos jihati pivo zavodiga ulangan quvur edi - u orqali uyga pivo 24/7, bepul, cheksiz va olimning umrining oxirigacha yetkazib berilgan. Bor kamtarlik tufayli, vatandoshlarining ko'plab sovg'alarini rad etgan. Ammo u bepul pivoning jozibali istiqboliga qarshi tura olmagan)

Ana shunaqa

T.me/tarixiyat