Get Mystery Box with random crypto!

Davlat ramzlari. | TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov

Davlat ramzlari. Har bir yangi tashkil topgan davlat o’z xalqi ongiga ma’lum bir g’oyani joylashtirishni va shu orqali birlikka erishishni xohlaydi. Bu jarayon Markaziy Osiyo davlatlarida kuchli. Markaziy Osiyodagi 5 respublika o’z hududidagi ma’lum bir ko’p sonli xalq nomi bilan ataladi: o’zbek-O’zbekiston, tojik- Tojikiston, qirg’iz- Qirg’iziston. Garchi mamlakat tarkibida azaldan boshqa millatlar ham yashasa-da( tojiklar va qozoqlar O’zbekistonda, o’zbeklar Tojikistonda va hokazo), bu davlatlar siyosiy tizimi asosan o’z millatining yagonaligini uqdiradi.
Biror bir tarixiy shaxs millat ramziga aylanadi. G’oya sifatida ma’lum bir o’tmishdagi feodal aslzoda olinadi( masalan Tojikiston ramzi etib Ismoil Somoni tanlangan, O’zbekistonniki esa Amir Temur).
Bu shaxslar eng ideal rahbarlar va millatning eng buyugi sifatida uqdiriladi. Bu albatta birlikka erishish uchun qilinadigan aslida yaxshi holatdir. Ammo ikkinchi bir jihatga e’tibor berilmaydi.
Ya’ni bu shaxslar haqiqattan tojik va o’zbek millatini vujudga keltirish va biri Tojikiston ikkinchisi O’zbekistonni qurish uchun harakat qilganmidi yoki ular oddiy bir o’tmishdagi harbiy va siyosiy arbob bo’lganmi?
Amir Temur uchun O’zbekiston degani nima ma’noni anglatgan? Uning egallagan yerlari O’zbekistonni qurish uchun edimi? U faqat o’zbek xalqi uchun kurashgan edimi?
Yoki Ismoil Somoniy faqat tojik davlatchiligi uchun kurashganmi? Unda nega uning armiyasi turk g’ulomlaridan iborat edi? Nega raiyatda turk va tojik aralashib yashagan unda?
Xuddiki faqat tojiklar podshosi bo’lgan-u, turklarni yomon ko’rgandek-a?
Bizda va qo’shnilarda tarix shunday ajoyib yozilganki, xuddiki oldindan o’sha odamlar qurgan o’zbek yoki tojik davlatchiligi bo’lgan-u, keyinchalik mustamlaka bo’lib,bugundan yana eski shaklini tiklagan.
Yo’q tarix bunaqa yozilmagan,bunaqa bo’lmagan. O’rta Osiyo 3 000 yillik tarixida turli davlatlar, rejimlarni va xalqlarni ko’rdi. Ular bir birini takrorlamaydi. Hammasi har xil g’oyada bo’lgan. Har xil tushunchada bo’lgan.
Amir Temur bugungi O’zbek mustaqilligi g’oyalaridan bexabar bo’lgan. Somoniy esa tojik davlatchiligi asoschisi bo’lmagan. U davrlarda ma’lum millat ajratilinmagan, chegara qilinmagan. Tojik va turkiy aralashib yashagan va umumiy musulmon sifatida bir biridan qochmaydigan holatda bo’lgan. Ularni sovet davrida ajratishgan.
Ular faqat o’zlari vujudga keltirgan davlatlarning rahbarlari bo’lishgan.
Biz bugun 600-1000 yil oldingi odamlarni ramz qilib oldik. Tasavvur qiling ular kimni ramz qilishgan bo’lar edi: Amir Temur Bumin xoqon uchun haykal qo’yarmidi? Ismoil esa Kir II haykaliga gul qo’yarmidi?
G’oya aralashgan tarix.

Manba : historicallife

@TARIX_TILSIMI