Get Mystery Box with random crypto!

'Til va tarixni bilmay turib millatning dardini tushunmoq mumk | TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov

"Til va tarixni bilmay turib millatning dardini tushunmoq mumkinligiga ishonmayman. Shuning uchun ochilayotgan "yangi usul" maktablarida, albatta, tarix fani o'qitilmog'i kerak, bolalarimizni o'tmishning yorug' va zulmatga botgan kunlaridan boxabar qilish lozimdir. Olmoniyaga otlangan har yigit, har qiz tariximizni bilishi shart! Tarixini bilgan inson o'zligini unutmaydi. Shu o'rinda ulug' ustod Maxmudxo'ja Behbudiy so'zlarini keltirmoq o'rinli:

"Dunyoga ishonmoq uchun, komil va odil bo'lmoq uchun tarixni o'qimoq va bilmoq kerak. Podsho-yu vazir, hukumat odamlari va siyosiy kishilar tarix o'qimog'i kerak. Past qolgan va taraqqiy qilgan xalqlarni, jahongir bo'lgan davlat va nopadid (tobe mamlakat) bo'lgan hukumatlarni bilmoq uchun tarix o'qimoq kerak. Musulmonlik qanday ko'paydi va qanday taraqqiy etdi va na uchun musulmonlar tanazzul etdilar? Buni bilmoq uchun tarix o'qimoq kerak.

Xulosa: din-u dunyodan boxabar bo'lmoqni xohlaydurg'on har kim, albatta, tarix o'qimog'i kerak. Chunki har nimarsa va shuning asli va nasli tarixdan bilinur!"

Shul vajdan, do'stlar, Ulug' Turkiston tarixin o'qiylik, o'qitaylik, anglaylik, anglataylik! Toki necha yuz yillarga bu tarix o'rnak bo'lsin!"

Javlon Jovliyev, "Qo'rqma"