Get Mystery Box with random crypto!

Barchangizga bir iltimos. Birinchidan, bugun tabriklanadigan | Tarix

Barchangizga bir iltimos.

Birinchidan, bugun tabriklanadigan bayram emas. Bugun urushlarda halok bo‘lgan millionlab insonlarning xotirasini yod etish va ularni qadrlash kuni. Musulmonchilikda o‘tganlar xotirasi Qur’on tilovati yoki hech bo‘lmasa duo bilan yod etiladi, qanaqadir tabriknomalar bilan emas.

Nima, shuncha odam o‘lgani uchun tabriklayapsizlarmi bir-biringizni?

Ikkinchidan, bunaqa tabriklarga qonxo‘r SSSRning belgisi yoki O‘rta Osiyoni qirg‘in qilgani uchun rus askarlariga berilgan la’nati Georgiy lentasi tushirilgan rasmni qo‘shish ham kamida farosatsizlik.

Nima, bu bilan ota-bobolarimizni o‘ldirganingiz, qatag‘on qilganingiz, qiynoqqa solganingiz, Sibirga surgun qilganingiz uchun rahmat demoqchimisizlar?

Uchinchidan, bugun G’alaba kuni emas, bugun XOTIRA VA QADRLASH KUNI. Hech qanaqa g’alaba kuni yo’q, ilohim, bo’lmasin ham. Urush bayram qilinmaydi. Jirkanch maqsadlar yo’lida urushni bayramga aylantirish xatoligini bugun Ukrainadagi qirg’in ham ko’rsatib turibdi.


@xushnudbekuz