Get Mystery Box with random crypto!

9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI Xotira bor ekan,tirikdir mill | Tarix

9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir gʻurur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Koʻkarsa — ikkiga boʻlib tashlaydi
Yoʻlining ustida tursa hatto togʻ.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolgʻiz sen haqli!

UrDU Matbuot
xizmati
Muslimin_Alhamdulillah