Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta'lim imtihonlarining natijasi e'lon qilindi. Yoshlardan | Tarix darslari

Oliy ta'lim imtihonlarining natijasi e'lon qilindi. Yoshlardan 550102 kishi 56,7 baldan past natija oldi. Bu natija meni ajablantirmadi. Nima ekilgan bo‘lsa, shu o‘rildi. Chunki:

-Xo‘kizni puliga diplomli bo‘lganlar mansabga keldi. Ular amaldor, deputat va senator bo‘ldi;

-Ta'limga e'tibor berilmadi. O‘qituvchilar qora ishchiga aylantirildi. Ko‘cha supurgan, devor bo‘yagan, paxta tergan kim? O‘qituvchi!

-Ularning maoshi kam, qog‘ozbozligi ko‘p, javobgarligi esa tog‘dek edi. Asosiysi, uchta vazifani bajarsa bo‘ldi: O‘quvchilarning davomati, formasi va siyosiy propoganda.

Imtihon natijasi ekilgan o‘sha urug‘larning mevasidir. Ota-onalar "bolam sifatli ta'lim olsin" deb soliq to‘laydi. Oshga pul to‘lab, evaziga atala olsa-yu, yana ayb ota-onadami?

Yo‘q, tizimda. Shu tizimni boshqargan, hissasi bo‘lgan, amaldor-u deputatlar aybdor.

"Biz ongli ravishda insonlarni ongsizlashtirdik".
Shavkat Mirziyoyev

@sanjar_xoja