Get Mystery Box with random crypto!

Quyida keltirilgan duolarni imtixon oldidan o'qisangiz in sha | Tarix darslari

Quyida keltirilgan duolarni imtixon oldidan o'qisangiz in sha Alloh albatta sizga foydasi bo'ladi, ishingiz osonlashadi.

Tolibi ilmlar uchun Allohning izni bilan ilm olishni yengillashtirishga sabab boʻluvchi Qurʼon va sunnatdan duolar havola qilingan:

Birinchi duo

رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي * وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي * وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي * يَفْقَهُوا قَوْلِي

Maʼnosi: “Ey Robbim, mening qalbimni keng qil. Mening ishimni oson qil. Tilimdagi tugunni yechgin. Soʻzimni anglasinlar” (Toha surasi, 25–27-oyatlar).

Ikkinchi duo

رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا

Maʼnosi: “Robbim, ilmimni ziyoda qilgin” (Toha surasi, 114-oyat).

Uchinchi duo

اللَّهُمَّ انْفَعْنَا بِمَا عَلَّمْتَنَا وَعَلِّمْنَا مَا يَنْفَعُنَاوَزِدْنِي عِلْمًا

Maʼnosi: “Allohim! Bilganlarimizni foydali qil! Bizga foydali narsalarni bildir! Ilmimizni ziyoda qil!” (Termiziy va Ibn Moja rivoyati).

Toʻrtinchi duo

اَلَّلهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا، وَرِزْقًا طَيِّبًا، وَعَمَلاً مُتَقَبَّلاً

Maʼnosi: “Allohim! Sendan manfaatli ilm, pok rizq va qabul boʻladigan amal soʻrayman” (Ibn Moja rivoyati).

Agar biz ilm olishimiz yengilashishini istasak, avvalo, gunohdan saqlanishimiz, Allohga koʻproq tavba qilishimiz lozim ekan.

Xotirani yaxshilaydigan ishlardan yana biri tungi namoz – tahajjuddir. Musʼhafga qarab Qurʼon oʻqish ham xotira uchun juda foydali. Shuningdek, misvok ishlatish, zehn yaxshilanishi uchun tavsiya qilingan mahsulotlardan tanovul etish ham samara beradi. Va, albatta, oʻqishda jiddu-jahd qilish, sabr bilan ilm talabida bardavom boʻlish, oʻrganilgan narsani takrorlab turish darkor.

Manba: @BintuSodiq