Get Mystery Box with random crypto!

TARBIYA TILSIMLARI

Telegram kanalining logotibi tarbiya_tilsimlari — TARBIYA TILSIMLARI T
Telegram kanalining logotibi tarbiya_tilsimlari — TARBIYA TILSIMLARI
Kanal manzili: @tarbiya_tilsimlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 480
Kanalning ta’rifi

O'z hayoti uchun masuliyatni o'z bo'yniga olganlar uchun
Ibratli hikoyalar
G'o'zal tavoze
Xulosa vaqti
Shirin kulgu
Islomning nigohi

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-10 08:53:24
@bir_osmon_ostidamiz_axir
547 viewsLEADER, 05:53
Ochish/sharhlash
2022-07-10 06:23:25 ​​Aqlli himoya

Yoshi ulg‘ayib qolgan jang san’ati ustasi qaytib maydonga tushmaslikka qaror qildi. Biroq bir kuni yosh, manman polvon uni olishuvga chorladi. Usta bunga e’tibor bermay, jim o‘tiraverdi. Yosh jangchi endi uni masxaralashga, ajdodlarini haqoratlashga tushdi. Ammo bu ham natija bermadi.
Oxir-oqibat yosh polvonning hafsalasi pir bo‘lib, indamay qoldi.
Ustozning shogirdlari uning xatti-harakatidan hayron qolishdi, ayrimlari esa ta’na ham qilishdi:
– Nahot sizga o‘zingizning yoki ajdodlaringizning sha’ni qadrli bo‘lmasa?!
Ustoz bu savolga savol bilan javob berdi:
– Agar sizga biror narsa sovg‘a qilishsa-yu, uni olmasangiz, hadya kimda qoladi?
– Egasining o‘zida qoladi-da! – deyishdi ular.
– Hasad, g‘azab va nafrat ham xuddi shunday. Agar biz uni qabul qilmasak, u o‘z egasida qoladi.

XULOSA O'ZINGIZDAN QADRDON
@bir_osmon_ostidamiz_axir
955 viewsLEADER, 03:23
Ochish/sharhlash
2022-07-09 15:56:34 ​​KERAKSIZ ISHONCH

Bir kuni hayvonot bogʻida fillar yonidan oʻtayotib gʻalati bir manzaraga koʻzim tushib qoldi. Bahaybat, ulkan fillar old oyogʻidan nozik arqonlar bilan boylab qoʻyilgan edi. Na zanjir bor, na qafas. Fillar bu arqonlarni bir siltanishda bemalol uzib ketishi mumkin edi. Lekin negadir ular bunga harakat ham qilmas, jimgina turardi.

Men hayvon oʻrgatuvchining oldiga bordim va nima sababdan bunday ulkan jonivorlar qimir etmay turgani, boʻshalishga urinmayotganini soʻradim. U: “Fillar juda yosh paytida ularni xuddi shunday nozik arqonlar bilan boylab qoʻygandik. Ular mana hozir katta boʻldi, lekin arqonlarni oʻzgartirganimiz yoʻq. Chunki fillar arqonlarni uzib ketib boʻlmasligiga ishonadi va qutulishga harakat ham qilmaydi”, deb javob berdi.

Nihoyat darajada hayratlanarli holat. Bu jonivorlar istagan paytlarida arqonlarni parcha-parcha qilishlari mumkin edi. Biroq bunday qilolmasliklariga ishonganlari sababli shu hollarida umrlarining oxiriga qadar qimirlamay tursalar kerak.

Bu fillar bizga ajabtovur tuyulyapti. Lekin ular tushgan kabi holatlarga biz tushmaganmizmi? Qachondir uringan va eplolmagan ishimizdan yurak oldirib qoʻyib, unga umuman qoʻl urmaslikka qaror qilmaganmizmi?
XULOSA O'ZINGIZDAN QADRDON

@bir_osmon_ostidamiz_axir
805 viewsLEADER, 12:56
Ochish/sharhlash
2022-07-09 04:04:51
Yaqinlaringizga ham ulashing

@bir_osmon_ostidamiz_axir
925 viewsLEADER, 01:04
Ochish/sharhlash
2022-07-08 15:51:34 OLIMNING QALB SO‘ZLARI

Bundan bir necha yillar avval Muhammad Said Ramazon Butiy zavjalarining vafotlaridan so‘ng, o‘zlarining «Minal fikri va-al qalb» deb nomlangan kitoblarida juda ham ta’sirli gaplarni yozib qoldirgan ekanlar. Sizlarning e’tiboringizga ushbu parchani keltirib o‘tishni istadim: «Ey Amira, sen yorug‘ dunyoni tark etganingdan keyin ham quyosh avvalgidek o‘zining joyidan chiqyapti. Sen bilan men Payg‘ambar alayhissalomning hadislari haqida so‘zlashib o‘tiradigan uyimizning darchasidan o‘sha yorug‘lik haliyam tushyapti. Biz yoz vaqtida salqin izlab chiqib anorning soyasida o‘tirardik, o‘sha anor bu yil ham meva qildi. O‘sha sen bilan men taniydigan odamlar hali ham bizning uyimizga kelib-ketib turibdi. Sen bilan qarindosh bo‘lgan odamlarning hammasi sen vafot qilganingdan keyin uy-uyiga qaytib ketdi-yu, illo men o‘zim g‘arib bo‘lib qoldim. Sening qoshu kamoningdan ko‘ra go‘zalroq qoshu kamonlarni ko‘rdim. Sendan ko‘ra chiroyliroq ayollar dunyoda borligi ham rost. Illo, men tahajjudga turib ibodat qilganimda, orqamda turib omin deyishlaringni sog‘indim. Qur’on o‘qiganimda orqamda yig‘lab tinglashlaringni sog‘indim. Senday ayolni endi men topolmayman deb qo‘rqaman. Sen qachon gap boshlasang, gapning avvalida «Ilohim oxiratda ham ismingiz shunday bo‘lsin derding (Said degani baxtli degani), shu gaplaringni sog‘indim. Ilohim oxiratda ham ismingiz Said bo‘lsin deyishdan hech qachon erinmasligingni sog‘indim...».

Subhanalloh, Alloh bu ikki muborak zotlarni jannatlarda qayta topishishlarini nasib etsin. Darajotlarini yuqori qilgan bo‘lsin. Robbim bizlarni ham ularning kabi mazmunli xayot kechirishimizni va bizlarga ham shunday go‘zal juftlarni taqdir etib, O‘zi ta’minlagan bo‘lsin

XULOSA O'ZINGIZDAN QADRDON
@bir_osmon_ostidamiz_axir
527 viewsLEADER, 12:51
Ochish/sharhlash
2022-07-08 05:43:44
https://t.me/bir_osmon_ostidamiz_axir
738 viewsLEADER, 02:43
Ochish/sharhlash
2022-07-08 05:34:21
Xulosa o'zingizdan qadrdon
@bir_osmon_ostidamiz_axir
541 viewsLEADER, 02:34
Ochish/sharhlash
2022-07-07 09:11:53 ​​SIZ ERNI ASRANGIZ

Siz erni asrangiz har nedan ortiq,
Koʻzning qorachigʻin asragansimon.
Hayot inʼom etgan bu ulugʻ tortiq,
Chevara koʻrishga yetolsin omon!
 
Siz erni asrangiz har nedan ortiq,
Goho chaqib olmang tilga berib erk.
“Ering – yarim xudo!” desa, yoʻq demang,
Yaratganga aslo keltirmangiz shirk.
 
Siz erni asrangiz har nedan ortiq,
Bilib-bilmay uni tergamang zinhor.
Erining qadriga yetmagan xotin,
Bir kun izlariga boʻlib qolur zor…
 
Siz erni asrangiz har nedan ortiq,
Oʻzga goʻzallardan rashk qilmang mutloq.
Ne bitilgan boʻlsa peshonasiga,
Borini koʻradi, u ham oʻtmas toq…
 
Siz erni asrangiz har nedan ortiq,
Bolam-chaqam deya, yonib yurar u.
Behuda rashk qilib qiynayversangiz,
Jon halak, bor gapdan tonib turar u…
 
Siz erni asrangiz har nedan ortiq,
Ochiq chehra bilan qarshilang har dam.
Bilib, bilmaslikka olib ketsangiz,
Oila mustahkam! Boʻlmaysiz hech kam!!

Endi ikki ogʻiz Er – sher doʻstimga!
Mening bu sheʼrimdan ketmang taltayib.
Kelinni nooʻrin xafa qilsangiz,
Tutib olib bir kun… qilaman “mayib”.

Ushbu hazil sheʼrni oʻqib er-xotin,
Qaniydi bir bora qoʻysa jilmayib!
… Shu damda ojizam turib boshimda,
Boʻlmagʻur narsalar yozmang, der koyib…

Toʻlqin ESHBEK
@bir_osmon_ostidamiz_axir
649 viewsLEADER, 06:11
Ochish/sharhlash
2022-07-07 05:24:32 ​​ALLOH SEN BILAN SAVDO QILAVERADI

Rivoyat qilinishicha, bir ayol Dovud alayhissalomning huzurlariga kirib kelib:
- Ey Allohning payg‘ambari, Robbing zolimmi yoki odilmi? – deb so‘radi. Dovud alayhissalom:
- Holinga voy bo‘lgur, Robbim odil, U hech kimga jabr-zulm qilmaydi, nega bunday deyapsan? – debdi. Shunda ayol:
- Men bir beva ayolman, bolalarim bor, ularni qo‘l mehnatim bilan boqaman. Kecha yigirgan ipimni bir bo‘lak matoga o‘rab, sotish uchun bozorga olib ketayotgan edim, to‘satdan bir qush menga hujum qilib qoldi: mato va ipni olib qochdi, men esa bolalarimning oldiga hech narsasiz, nochor va xafa holda qaytdim.
Shu suhbat bo‘lib turgan paytda Dovud alayhissalomning eshigi taqillab qoldi. Dovud alayhissalom kirishga izn berdi. Ular o‘n nafar tijoratchilar edi. Har birining qo‘lida o‘n dinordan pul bor edi. Ular:
- Ey Allohning payg‘ambari, bu pullarni haqdorlarga bering, - deyishdi. Shunda Dovud alayhissalom:
- Bu pullarni berishga sizlarni nima majbur qildi? – deb so‘radi. Ular:
- Biz bir kemada edik, birdan qattiq shamol turib, g‘arq bo‘lishimizga sal qolgan edi, to‘satdan bir qush kelib, bir mato tashladi. Uning ichida yigirilgan ip bor edi. Biz ular bilan kemamizning ayblarini to‘g‘rilab oldik, shundan keyin shamol bizga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmadi. Salomat qolganimiz uchun har birimiz o‘n dinordan sadaqa berishni nazr qildik, mana o‘sha pullar, - deyishdi. Dovud alayhissalom haligi ayolga qarab:
- Alloh sen bilan dengizda ham, quruqlikda ham savdo qilaveradi, sen esa Uni zolim deysan, - dedi va unga yuz dinorni uzatib:
- Buni bolalaringa sarflagin, - dedi.

(“Ko‘hna dunyo rivoyatlari” kitobidan.)
@bir_osmon_ostidamiz_axir
1.0K viewsLEADER, 02:24
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:03:12
XULOSA O'ZINGIZDAN QADRDON

@bir_osmon_ostidamiz_axir
845 viewsLEADER, 06:03
Ochish/sharhlash