Get Mystery Box with random crypto!

TARBIYA TILSIMLARI

Telegram kanalining logotibi tarbiya_tilsimlari — TARBIYA TILSIMLARI T
Telegram kanalining logotibi tarbiya_tilsimlari — TARBIYA TILSIMLARI
Kanal manzili: @tarbiya_tilsimlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 480
Kanalning ta’rifi

O'z hayoti uchun masuliyatni o'z bo'yniga olganlar uchun
Ibratli hikoyalar
G'o'zal tavoze
Xulosa vaqti
Shirin kulgu
Islomning nigohi

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-14 05:43:49
Ayolning qalbi.......

https://t.me/tarbiya_tilsimlari
516 viewsLEADER, 02:43
Ochish/sharhlash
2022-07-13 13:07:22 ​​Men ham shunday qilaman
(ibratli hikoya)

Bolaligimda qiblagohim yuzimga soqolini siypardilar. “Yuzimga tikoningiz kirib ketdi”, deb qochardim. Otajonim bilan onajonim rohatlanib kular edilar. Ularning yuzlarida o‘sha onda aks etgan baxtiyorlik tuyg‘usini aniq-tiniq eslayman. Ruhiyatshunoslarning bola ikki yoshdan keyingi voqealarni xotirasida saqlab qola oladi, degan nazariyasidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, o‘sha choqdagi yoshimni uch-to‘rtlar deb taxmin qilsak bo‘ladi.
Bundan ayon bo‘ladiki, o‘shanda, mendan keyingi ukam tug‘ilgan kezlarda ham ota-onam meni nariroq qilmasdan erkalatib qo‘ygan ekanlar.
To‘ng‘ich o‘g‘limizdan keyin qizimiz dunyoga keldi. Maza qilib o‘ynab o‘tirgan bolaning onasi chaqaloqni qo‘liga olganida g‘alati bo‘lib qolganini sezib qoldim. Darhol uni bag‘rimga bosib yuziga soqolimni surdim. Ma’yuslanib turgan bola birdaniga yashnab ketdi. “Yuzimga tikoningiz kirib ketdi”, deya qiyqirib qochdi. Onasi ikkovimiz xandon otib kuldik. Bizning kulgimiz uning shodonligini yuz chandon ziyoda qildi. Shu choqda undan baxtiyor bola yo‘q edi dunyoda...
Tunov kuni gaplashib o‘tirib o‘g‘lim: “Dadam yuzimni soqoli bilan timdalardilar”, deb qoldi.
Yodida ekan. Allohga shukr!
Demak, u ham bolasining yuzini soqoli bilan siypalaydi, bolasi qiyqirib qochadi, ayoli ikkovi rohatlanib kuladi. Baxtli hayot degani, baxtiyor oila degani shu emasmi o‘zi!..

https://t.me/tarbiya_tilsimlari
486 viewsLEADER, 10:07
Ochish/sharhlash
2022-07-13 11:28:18
https://t.me/tarbiya_tilsimlari
484 viewsLEADER, 08:28
Ochish/sharhlash
2022-07-13 11:27:33 Channel name was changed to «Tarbiya tilsimlari»
08:27
Ochish/sharhlash
2022-07-13 06:00:45 ​​Dadamni yaxshi ko‘r! Xuddi men seni yaxshi ko‘rgandek...(bo‘lgan voqea)

Kuni bo‘yi ishxonada yugur-yugurlar ko‘paydi. Kamiga ancha vaqt sarflab qilgan ishim boshlig‘imizga yoqmadi... Bir uyum kamsitishlar ila no‘noqlikda aybladi. Uyga qaytyapman. Qattiq asabiylik oqibatimi yoki xayolim qochdimi yo‘ldagi "tanish chuqurchani" ko‘rmay qolib mashinaning g‘ildiragini rasvo qildim.
Uyga kelsam ovqat qilinmagan ustiga ustak ayolim ham betob. Unga ovozim boricha baqirdim va jahl bilan yotoqqa kirib yotib oldim. Xayolimda faqat rahbarning asabiy ko‘rinishi va aytgan gaplari...
Shu payt, uch yoshli o‘g‘lim kelib "dadajon mashinangizni mingim kelyapti", degancha, ustimga o‘zini otdi (odatda shunday qilishi menga juda ham yoqardi). Uni ustimdan uloqtirib "yo‘qol ko‘zimdan" deb o‘shqirgancha xonadan chiqarib yubordim. U yig‘lab-yig‘lab onasini yoniga ketdi.
Oradan qancha vaqt o‘tdi bilmayman, ko‘zim ilingan ekan. Soat tungi 01:00. O‘g‘lim jajji qo‘llari bilan yuzimdan silab, biroz qo‘rquv bilan uyg‘otdi: "Dadajon xuftonni o‘qimay uxlab qolibsiz". Qarasam qo‘lida joynamoz. Biroz bir-birimizga tikildik. O‘g‘limning ko‘zida ma’yuslik va mehr qalqib turibdi. Borib tahorat oldim, o‘g‘lim esa joynamoz ko‘targancha ortimdan ergashib yurdi. Uning qo‘lidagi joynamozni olib, namoz o‘qishni boshladim.
Bir mahal o‘g‘lim oyoqlarim orasiga kirib: "Allohim dadamni xafa qilganlarni yaxshi odamga aylantir, dadamni yaxshi ko‘r, xuddi men seni yaxshi ko‘rgandek", deya, ovoz chiqarib duo qildi...
Men esa yig‘idan o‘zimni to‘xta olmadim, hatto, soqolim va ko‘ylagim ho‘l bo‘lib ketdi…
XULOSA O'ZINGIZDAN QADRDON

@bir_osmon_ostidamiz_axir
1.3K viewsLEADER, 03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-12 17:34:59
Hayot kitobimni bexos varoqlab........

@bir_osmon_ostidamiz_axir
427 viewsLEADER, 14:34
Ochish/sharhlash
2022-07-12 09:31:22 ​​Duodan baxt topgan kelin

«Bo‘ladigan bola boshidan”, deb bejizga aytilmagan. Odina o‘nlarga kirganda buvisi vafot etdi. Buvasi Muhammad ota yolg‘iz qoldi. Keksayganda yolg‘izlik azobi qiyin bo‘lar ekan. Keksa odamning ko‘nglini topish uchun bir so‘z kam, ikki og‘iz so‘z ko‘p. Ularning ko‘ngli nozik, xizmati og‘ir bo‘ladi. O‘n yoshli Odinani otasi yoniga chorlab, buvasiga xizmat qilib, duosini olish kerakligini tushuntirdi. Odina yosh bo‘lsa-da, ziyrak edi. Otasi tushuntirgan hamma ishni bajarishga va’da berdi. Muhammad buva namozxon. Erta tongda turib, namoz o‘qir, uzoq duo qilar, nonushtani ham erta qilardi. Muhammad buvaning xonasida Odina va kichik ukasi Abdulaziz birga yotardi. Muhammad ota nabiralarini uyqusi buzilmasin deb endi o‘rnidan turmoqchi bo‘lsa, ziyrak Odina namoz vaqti bo‘lganini, buvasiga tez tahorat suvi tayyorlash lozimligini sezib, o‘rnidan sakrab turardi. Buvasining uxlayver, deyishiga qaramay tahorat suvini tayyorlardi. Buvasi namoz o‘qib bo‘lguniga qadar nonushtani hozirlardi. Yana nolimasdan oyisiga uy ishlariga yordam berardi. Buvasi esa har namozdan so‘ng: “Umring uzoq bo‘lsin, baxtli bo‘l, qizim! Olijanob inson jufting bo‘lsin!” deb duo qilardi. Otaning so‘zini qoldirmagan, buvaning duosidan nasibasiz qolmagan Odina o‘n yilga yaqin, ya’ni turmushga chiqquniga qadar buvasiga xolis xizmat qildi. Bu katta matonat, otaga itoat va buvaga hurmat edi. Uyqu va rohatdan savobni ustun qo‘ydi. O‘zi katta oliygohni tugatmasa-da, eng obro‘li, ilmli shaharlik yigitlardan biriga turmushga chiqdi. Odina turmush o‘rtog‘i Murodga ham xizmatini ayamadi. Erini tong saharda turishga undab, shunday derdi:
– Buvam, tongda uxlash rizqni kesadi. Rizqi mo‘l bo‘lishni xohlagan odam, sahar turadi. Buvam: “Tongda qilingan ish unumli, duolar esa qabul bo‘ladi”, – derdilar. Qani o‘rningizdan turing! – deb erini holi-joniga qo‘ymay uyg‘otardi.
Murod esa:
– Qishloq qizisan-da, tannoz kelinlar kabi dangasalikni yoqtirmaysan-da! – derdi.
Odina o‘z odatiga ko‘ra, qaynota-qaynona va eriga nonushtani ertalab tayyorlab qo‘yardi. Uni shunday tayyorlardiki, hammasi hayron qolardi. Erini biror marta bo‘lsa-da, ishiga nonushtasiz kuzatmasdi. Qaynota va qaynonasi ham uni ko‘p duo qilardi. Duo va olqishning sababidan necha yil zahmat chekib, buvasining duosini olgan, otasining nazariga tushgan, qaynota va qaynonaning olqishini olgan, eriga itoatli kelin hamma orzusiga yetdi. Eri Murod uni biror joyda ishlatmas, “Qishloqda rosa ishlagansan, shuning o‘zi yetadi”, derdi. Qaynotasi vafot etgach, qaynonasiga qizlaridan ham yaxshiroq xizmat qilib, duosini oldi. O‘zi ham keksalik yoshiga yetdi. Uch qiz, ikki o‘g‘ilni voyaga yetkazdi. Ularni ilmli, odobli va hayoli qilib tarbiyaladi. Dasturxon atrofida o‘tirganlarida, bolalariga:
– Buva, buvisi, qaynota va qaynonasi bor o‘g‘il-qizlar va kelinlar juda baxtli-da! Ularning xizmatini qiladi, duosini oladi, bilmaganini o‘rganadi. Duo va olqish olgan inson kam bo‘lmaydi. Buvamning xizmatini qildim, qaynonam va qaynotamning duosini oldim, otalaringizning hurmatini joyiga qo‘ydim, mana bugun sizlarning ardog‘ingizdaman. Tahoratga suv isitaman deb, qish kunlari sovqotgan qo‘llarimni sovuq suvga urdirmaysiz, uxlab qolmay deb qattiq yerlarda yotardim, endi esa par to‘shaklarda izzatdaman. Savob topaman deb ozgina qilgan xizmatim evaziga hajga bordim, bugun sizning ardog‘ingizdaman. Ha, xolis qilin­gan xizmatning mukofoti, duolar samarasi mana shunday azizlikdir, – derdi mamnun.
Aziz qizlarim! Albatta, ota-onaning xizmatini qilib, duosini olish sharafdir. Hamma ham duo olavermaydi, hammaga ham olqish nasib qilmaydi. Kim xizmat qilsa, kun kelib unga ham xizmat qilishadi. Kim hurmat qilsa, hurmat topadi. Kim nima eksa, shuni o‘radi. Shuning uchun xizmat qiling, xizmat va duo bois ulug‘lik, hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lasiz.
 
“Qasamini buzgan qiz” kitobidan
@bir_osmon_ostidamiz_axir
533 viewsLEADER, 06:31
Ochish/sharhlash
2022-07-11 17:05:14 ​​Shukr qilganlar... (ibratli hikoya)

Bir yigit to‘planib turgan odamlar yoniga borib, bor ovozda baqira boshladi: “Bizga shunday kunlarni nasib qilgan, rizqimizni mo‘l, yo‘limizni yorug‘, tanimizni sog‘ qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin!”.
Bir zumda yig‘ilib turgan odamlarning barchasi yigitga jo‘r bo‘ldi. Hammayoqni “Shukr! Ming shukr!” degan sadolar tutib ketdi.
Ammo g‘amga botib o‘tirgan uch nafar kishigina bu xitobga jo‘r bo‘lmadi. Buni ko‘rgan yigit esa darhol ularning yoniga oshiqdi va ulardan buning sababini so‘radi.
- Sharoitim og‘ir! Farzandim to‘yib ovqatlana olmaydi! Boshqa bolalardek istaganicha o‘yna olmaydi! Endi menga aytingchi, qanday qilib tilimdan shukr degan so‘z yangrashi mumkin?! dedi g‘amga botib o‘tirgan birinchi kishi.
- Farzandim kasal. Uning g‘amgin yuzlariga tikilsam, yuragim og‘rib ketadi! Qanday qilib shukr deya ayta olaman?! dedi ikkinchi bir g‘amga botgan.
- Mening esa farzandim vafot etdi! Uning jonsiz qo‘llaridan ushlar ekanman, o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman! Endi men nima uchun shukr deyishim kerak?! deb yig‘lab yubordi uchinchisi.
Ularning dardini tinglagan yigit bunday dedi:
- Birodar, oldingizdagi odamga qarang, farzandi kasal ekan! Garchi o‘ynab kulmasada, dilbandingizning sog‘lom ekaniga shukr qiling! - dedi birinchisiga.
- Farzandingiz kasal ekan, hamdardman! Ammo oldingizdagi kishiga qarang! Bechora farzandidan judo bo‘libdi! Garchi kasal bo‘lsada, farzandingizning tirik ekaniga shukr qiling! - dedi farzandi kasal yotgan ikkinchi kishiga.
- Menchi?! Men nimaga shukr qilay axir?! - dedi farzandidan ayrilgan uchinchi kishi.
Yigit uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi-da, ko‘z yoshlarini artib, dedi:
- Farzandingiz o‘tgan bo‘lsada, boshqa yaqinlaringiz tirik ekaniga shukronalar keltiring! Butun yaqinlarim, barcha qarindoshlarim dahshatli sel oqibatida halok bo‘ldilar!...
Sherzod HAYDARBEKOV...

XULOSA O'ZINGIZDAN QADRDON
@bir_osmon_ostidamiz_axir
515 viewsLEADER, 14:05
Ochish/sharhlash
2022-07-11 09:13:32
Tabiat go'zalligidan bahramand bo'ling

@bir_osmon_ostidamiz_axir
594 viewsLEADER, 06:13
Ochish/sharhlash
2022-07-10 17:31:55
Shavkatov Shohrux
@bir_osmon_ostidamiz_axir
721 viewsLEADER, 14:31
Ochish/sharhlash