Get Mystery Box with random crypto!

Bilol ibn Raboh Hazrati Umar (roziyallohu anhu) Hazrati Abu Ba | Taqvo.uz

Bilol ibn Raboh
Hazrati Umar (roziyallohu anhu) Hazrati Abu Bakrni (roziyallohu anhu) eslaganida shunday der edi: "Abu Bakr sayyidimiz va sayyidimizni ozod qilgan kishidir". Bunda u Bilol Habashiyni (roziyallohu anhu) nazarda tutgan. Hazrati Umar (roziyallohu anhu) "sayyidimiz" deb atagan bu kishi ulug' va aziz insonlardan edi... Ammo qop-qora, ozg'in, bo'ydor, quyuq sochli va tuksiz yuzli bu kishi bunday maqtovlarni bosh egib va ko'zlarini yumgan ko'yi tinglar va shunday der edi: "Asli men habashiyman, kechagina qul bo'lganman!"