Get Mystery Box with random crypto!

Umayya Ibn Halaf Abu Bakr roziyallohu anhuga: - Ol uni, Lot va | Taqvo.uz

Umayya Ibn Halaf Abu Bakr roziyallohu anhuga:
- Ol uni, Lot va Uzzoga qasamki, agar uni bir uqiyaga olaman deganingda ham sotib yuborgan bo'lardim, dedi.
Uning so'zlarida umidsizlik alamiyu ko'ngil sovish achchig'i bor edi. Abu Bakr roziyallohu anhu javob berishni ma'qul ko'rmadi. Ayni choqda xojaning kinoyali so'zlarida birodar bo'lib qolgan bu aziz insonning izzat-nafsiga tegish, tahqirlash ohanglari ham bor edi. Shu bois Umayyaga javoban:
- Allohga qasamki, uni yuz uqiyaga sotganingda ham, to'lardim, - dedi.
U birodarining ozodlikka chiqqanini aytish uchun Rasulullohning ‎ﷺ huzurlariga yo'l oldi. Bu voqea katta bayramga aylandi.

Abu Bakr sayyidimiz va sayyidimizni ozod qilgan kishidir"
Umar ibn Hattob

Rasulolloh ﷺ : Jannatga ko’tarildim va u yerda oyoq tovushini eshitdim, bu kimning oyoq tovushi desam BILOL IBN RABOHniki deyishdi.

ISLOMNING ENG BIRINCHI MUAZZINI