Get Mystery Box with random crypto!

OCHOFATLIK yoki YETISHMASLIK? Balki YOMON ODATDIR? Izohlarda | Taomlanish ilmi

OCHOFATLIK yoki YETISHMASLIK? Balki YOMON ODATDIR?

Izohlarda (rasmda) kelgan savolga javob! Bunga sabab koʻp. Eng asosiy sabablari esa 3 ta:

1. Vitaminlar, elementlar va oqsil yetishmasligi. Organizm toki bu moddalarni ehtiyojini qondirmagunicha talab qilaveradi. Bunday holatda mahsulotlarni har xil qilib yeyish kerak. Ayniqsa meva va koʻkatlar, sut va sut mahsulotlari (tvorog, pishloq) iste’molini koʻpaytiring.

2. Doim nimadir yeb turishga odatlanib qolish, ya’ni ovqatlanishdagi yomon odat. Agar shu sababli boʻlsa 14-17 kunda bu odatdan voz kechish mumkin. Buning uchun shuncha kun sabr bilan bu odatni qilmay turasiz, oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi.

3. Psixologik holat bilan bogʻliq. Bunda ovqatdan toʻliq rohatlanmaslikdan tortib, bazal psixologik ehtiyojlarni yopilmasligigacha boʻlishi mumkin. Shu sababli boʻlsa ovqatlanayotganda butun e’tiboringiz, fikr va diqqatingiz taomda boʻlishi kerak. Boshqa narsalarga (telefon, televizor, bolalarga va hokazo) chalgʻimaslik kerak. Psixologik ehtiyojlar esa katta mavzu.

Shu aytganlarimga amal qiling, natijasini keyin aytasiz.

@taomlanish_ilmi