Get Mystery Box with random crypto!

​​Barakasizliknig boshlanishi haqida Moliyasiz tizim, tizimsi | Ta’lim xabarlari

​​Barakasizliknig boshlanishi haqida

Moliyasiz tizim, tizimsiz taraqqiyotga erishib bo'lmaydi. Biz bugun bir so'm berib 100 so'm topishimiz mumkin bo'lgan joy uchun erta boshqalarga 1 000 so'm berib 10 so'm topishimiz, balki topmasligimiz, yo yana yo'qotishimiz ham mumkin. Va buni mashoyixlarimiz uvol deb ataydilar.

Uvol esa barakasizlikning boshlanishidir. Demoqchi bo'lganim haliyam bo'lsa, kech emas, ilmni moliyalashtirish va tijoratlashtirishni jadallashtirishimiz kerak.

Oliy ta'limda oddiy kurs ishlaridan tortib, dissertatsiyalargacha sohadagi muammolarning hal etilishiga xizmat qilishi va bu ikki tomon uchun ham har jihatdan foydali bo'lishiga e'tibor qaratishimiz kerak.

Aslida, bu tizim 2019-yildayoq Vazirlar Mahkamasining 967-son qarori bilan tasdiqlab qo'yilgan. Hamma gap faqat OTMlarning o'zida. Marketing va ilmiy bo'limlar faqat to'langan kontraktlarning hisobi yoki kafedralardan chiqqan qog'ozlar bilan o'ralashib qolmasdan, tanganing bu tomoni haqida ham o'ylab ko'rishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Bahodir Firdavsiy
"Ta'lim xabarlari" loyihasi muallifi

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEj41EOgo4JF8DB1sQ