Get Mystery Box with random crypto!

​​Test sinovlari 2 ta fandan o‘tkaziladi va abituriyentlar 5 t | 🎓 TA'LIM PLUS | Chet'elda Ta'lim

​​Test sinovlari 2 ta fandan o‘tkaziladi va abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi.

Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

Ballar quyidagicha belgilanadi:

Birinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.

Ikkinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball - 189 ball.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
https://t.me/joinchat/AAAAAEmhFYfBjyP1ncq8hQ