Get Mystery Box with random crypto!

​​Qabul kvotalari tasdiqlandi “2020-2021-o‘quv yilida O‘zbeki | 🎓 TA'LIM PLUS | Chet'elda Ta'lim

​​Qabul kvotalari tasdiqlandi

“2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan 2020-2021-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:

bakalavriat:

- kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar (2019-yilda 81 455 nafar, +22 120);
- sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar (2019-yilda 19 985 nafar, +11 365);
- kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar (2019-yilda 1 985 nafar, +3 040).

magistratura10 425 nafar (2019-yilda 7 705 nafar, +2 720).

Umumiy: 150 375 nafar (2019-yilda 111 130, +39 245).

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
https://t.me/joinchat/AAAAAEmhFYfBjyP1ncq8hQ