Get Mystery Box with random crypto!

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi | Ta'limga oid (Perevod)

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

2023-yil 6-iyul kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etildi.

Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 55 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod