Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliygohlarga qo'yilgan talab nega davlat oliygohlarig | Ta'limga oid (Perevod)

Nodavlat oliygohlarga qo'yilgan talab nega davlat oliygohlariga ham qo'yilmaydi?

Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish uchun Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori bilan bir qancha talablar qo'yilgan. Xonalar razmeri, yoruqlik darajasi, internet tezligi, o'quv adabiyotlari soni-yu, tibbiyot xonasinidagi dorilar ro'yxatigacha.

Nodavlat oliygohlarga qo'yilgan talablarga aslida davlat oliygohlari deyarli javob bermaydi. Davlat oliygohlarining ko'pchiligida binolar qulab tushay deydigan, qalinligi 20 smlik deraza romlari, konditsioner o'rnatilmagan issiq xonalar-u, talabga javob bermaydigan o'quv xonalari bilan faoliyat olib bormoqda.

Davlat oliygohlari ancha ta'mirtalab va jihozlarga muhtoj bo'lib turgan vaqtda nodavlat oliygohlarga talabni oshirish noo'rin. Nodavlat oliygohlar bilan parallel ravishda davlat oliygohlarining ham tegishli talablarga javob berishini nazorat qilish kerak.

06.07.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi