Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi Darsliklardagi o'lchov birliklari xalqaro standartl | Ta’limdagi yangiliklar

#bilasizmi
Darsliklardagi o'lchov birliklari xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 10-yanvardagi “O'zbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarori asosida o'lchov birliklari xalqaro oʻlchov standartlariga muvofiqlashtirilgan.

Qarorga ko'ra, endilikda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, o'quv, o'quv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan oʻlcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qoʻllaniladi.

Shunga ko'ra, joriy yilda nashr etilgan 3-sinf “Matematika” hamda 6-, 7-, 10-sinf "Algebra" va "Geometriya" darsligidagi sentner, santimetr kabi o'lchov belgilari xalqaro o'lchov birliklariga muvofiq, “q” va “cm” tarzida belgilangan.

Quyidagi rasmda baʼzi o'lchov birliklarining belgilanishi keltirdik.

«TA'LIMDAGI YANGILIKLAR» - kanaliga obuna bo'ling!

http://t.me/talimdagi_yangiliklar