Get Mystery Box with random crypto!

Treninglar yakunlandi. O'qituvchilarning taassurotlari qanday? | Ta’lim yangiliklari

Treninglar yakunlandi. O'qituvchilarning taassurotlari qanday?

Poytaxtimizning 191-sonli umumtaʼlim maktabida Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlardan yangi avlod darsliklari aprobatsiyasi uchun tanlab olingan 14 ta maktabning 179 nafar oʼqituvchilari malaka oshirish kurslarida qatnashdi.

5 kun davomida interfaol uslublarda oʼtkazilgan mashgʼulotlarda, asosan, kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativlik va tanqidiy fikrlash koʼnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Maqsad esa oʼqituvchilarning oʼz ishiga ijodiy yondashishi va oʼquvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat edi.

Xoʼsh, oʼqituvchilarning mazkur treninglardan olgan taassurotlari qanday?

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter