Get Mystery Box with random crypto!

Talabalarga ta’lim krediti ajratish tartibi. Hukumat qarori ( | Ta'lim Huquqi

Talabalarga ta’lim krediti ajratish tartibi.

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga ko‘ra, ta'lim krediti Respublikamizdagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt to‘lovlari uchun kredit ajratiladi.

Shu jumladan, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlarida bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Batafsil: https://telegra.ph/Talabalarga-talim-krediti-ajratish-tartibi-08-30

@Talim_huquqi