Get Mystery Box with random crypto!

​​ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontraktn | Ta'lim Huquqi

​​ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontraktni davlat tomonidan to‘lab berish uchun arizalar 15-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.

Shu sababli davlat OTMning magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovlari bundan mustasno) oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etishlari kerak.

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqilib, roʻyxat shakllantiriladi.

Eslatma: Oliygohlarning filialida taʼlim olayotgan talabalar arizani filial direktori nomiga yozadi.

@Talim_huquqi