Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal

Telegram kanalining logotibi talim_abituriyent7 — Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal T
Telegram kanalining logotibi talim_abituriyent7 — Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal
Kanal manzili: @talim_abituriyent7
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 102.46K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Reklama va hamkorlik: @bizdarekuz

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-19 12:37:02
#talabaga_yengillik

Endi talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin


Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

Buning uchun:

Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

“OTM shartnoma” to‘lovi xizmatini tanlang;

va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

Android uchun yuklab oling

iOS uchun yuklab oling

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
35.3K views09:37
Ochish/sharhlash
2022-12-15 14:42:34
Talabalar 20-dekabrdan boshlab qishki taʼtilga chiqishi mumkin !

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ha koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

Ushbu tartib nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

Ta'lim Yangiliklari
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
39.9K views11:42
Ochish/sharhlash
2022-12-13 09:25:37
Maktablarda qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlanib 10-yanvargacha davom etadi!

Hukumat qarori bilan maktabda taʼtillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:

kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.

Ta'lim Yangiliklari
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
37.5K views06:25
Ochish/sharhlash
2022-12-08 11:58:47
Kun rasmi!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qongratbay Sharipov metroda ishga ketmoqda. Ajoyib piar, davomli bo'lsin! Boshqa rektorlar ham o'rnak olsa arziydi.

Ta'lim Yangiliklari
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
36.8K views08:58
Ochish/sharhlash
2022-12-05 12:27:02
Rasman: Qishki ta’til 26-dekabrdan

OTM talabalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.

OTMlarning talabalar turar joylari 2023-yil 5 yanvardan faoliyatini boshlaydi. Zaruriyat tufayli vaqtliroq keladigan talabalar shunga qarab reja tuzishlari mumkin.

Maʼlumot uchun, talabalarga poyezd chiptalari 50% arzon sotilmoqda. Ammo uzunquloq gaplarga qaraganda temir yo'l kassalarida chegirmali chiptalar allaqachon tugab bo'lgan.

Ta'lim Yangiliklari
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
39.3K views09:27
Ochish/sharhlash
2022-12-04 17:38:04
#Qabul

Magistraturaga qishki qabul 20-dekabrdan boshlanadi. Xorijiy til sertifikati albatta boʻlishi kerak, faqat minimal daraja hozircha talab etilmaydi

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qishki qabul 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn boʻlib oʻtadi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi. Yaʼni bu safar ham kirish imtihonlari boʻlmaydi.

Xorijiy sertifikat boʻyicha istisno qilinadi!

Istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilgan sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Ta'lim Yangiliklari
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
https://t.me/+pShasQzCC5U2ZTYx
39.7K viewsedited  14:38
Ochish/sharhlash
2022-12-02 19:13:16
Kontrakt to'lash muddati yana uzaytirildi!

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham)

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
37.0K views16:13
Ochish/sharhlash
2022-12-01 19:12:23
Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tugatilganda talabalarining taqdiri nima bo‘ladi?

Savolga rasmiy javobni Xususiy universitetlarga litsenziya beradigan asosiy tashkilot Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob berdi.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
38.3K views16:12
Ochish/sharhlash
2022-12-01 10:52:38 Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

2022-yil 28-oktabr kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati joylashtirildi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

Ma’lumki, har bir test topshirig‘i davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejadagi fan dasturlariga mos bo‘lishi lozim.

Testologiya asoslariga ko‘ra saralash imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas.

Qayd etish kerakki, umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan.

Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan.

Batafsil
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
37.1K views07:52
Ochish/sharhlash
2022-11-29 18:44:44 Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2022-yil 4-dekabr kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda:

-smena imtihonlari 09:00 da matematika fanidan;
-smena imtihonlari 14:30 da biologiya fanidan bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarida talabgorlarga 45 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 1-smenada 08:00 ga qadar, 2-smenada 13:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
7.5K views15:44
Ochish/sharhlash