Get Mystery Box with random crypto!

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun tes | Ta'lim Yangiliklari | Rasmiy Kanal

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2022-yil 4-dekabr kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda:

-smena imtihonlari 09:00 da matematika fanidan;
-smena imtihonlari 14:30 da biologiya fanidan bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarida talabgorlarga 45 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 1-smenada 08:00 ga qadar, 2-smenada 13:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi
https://t.me/+xLqGrxCtGQhiOTZi