Get Mystery Box with random crypto!

Oltin, kumush medalli bitiruvchilarga o‘qishga kirishda imtiyo | OLIY TA’LIM YANGILIKLARI

Oltin, kumush medalli bitiruvchilarga o‘qishga kirishda imtiyoz bormi?

Medallilar uchun OTMga kirishda hech qanday imtiyoz yo‘q. Maktab bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallar maktablarning barcha baholari a’lo bo‘lgan, yaxshi xulq-atvorli va jamaot ishlarida faol o‘quvchilariga berilsa ham, medallar o‘qishga kirishda ball qo‘shib bermaydi.

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 41 ta turdagi imtiyoz bor. Ular orasida medallilar tilga olinmagan.

Oltin va kumush medallar bitiruvchilarga har yili maktabni tugatayotgan paytlari tantanali topshiriladi. Maqsad — bitiruvchilarni rag‘batlantirish.

Lekin medallar uchun imtiyoz shartmas-a? Siz nima deb o‘ylaysiz?

https://t.me/Talim4