Get Mystery Box with random crypto!

O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar bor? — 'perevod' haq | OLIY TA’LIM YANGILIKLARI

O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar bor? — "perevod" haqida eng muhimlari

Hademay OTMlarga kirish imtihonlari bilan birga xorijiy OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mavsumi ham boshlanadi.

Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.

Bizni kuzatib boring
https://t.me/Talim4