Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-2023-o‘quv | TalabaUz official | Talabalar kanali

Akademik litseylarga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 1-smenada 08:00 dan 09:50 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani litsey.edu.uz saytidan va akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 07:00 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Bizni kuzatib boring
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy