Get Mystery Box with random crypto!

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajrat | TalabaUz official | Talabalar kanali

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi.

Taʼlim kreditlari taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi.

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Taʼlim krediti shartnomasi toʻlov-kontrakt shartnomasida koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Taʼlim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi oʻzgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga;
tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilmaydi.

Bizni kuzatib boring
  
@TalabaUZ_official

Bizning manzil
https://t.me/+PTYWf0vhIMg1ZjIy