Get Mystery Box with random crypto!

Pandemiya... Vaziyat barqarormi? 24-yanvardan o'qishlar boshl | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Pandemiya... Vaziyat barqarormi?

24-yanvardan o'qishlar boshlanishi haqida bilamiz. Lekin...

Esingizda bo'lsa o'tgan yili ham pandemiya vaqtida talabalarni xavf yo'q deb o'qishga chaqirishgan edi. Asli olganda, yakuniy nazorat ishi uchun kelib ketgan edi.

Murojaat botimizga har kuni bir xil savollar kelib tushmoqda. Talabalar ertan-indin bilet olishni boshlashadi. Ertaga ular yana sarson bo'lib ortiga qaytishmasmikan?

Maxsus komissiya bunga alohida e'tibor qaratishsa yaxshi bo'lar edi. Covid'ga chalinganlar soni kundan kunga ortib bormoqda Agar ular 24-yanvardan o'qishlarga chaqirilsa, bir hafta o'tar o'tmas yana karantin deb e'lon qilishsa talabalarning muommolari ko'paymasmikan?

Umuman olganda, vaziyat barqarormi? Aksincha bo'lsa, talabalarni sarson qilish kerak emas.

Oflayn o'qishni xohlayotganlar, bizning bu maqolamizdan jahlingiz chiqmasin. Bilamiz, oliygohga borib, kursdoshlaringiz bilan o'qishni davom ettirishni xohlaypsiz. Lekin, vaziyat siz o'ylaganchalik yaxshi emas.

Oldindan bilet sotib olishga shoshilmaganingiz ma'qul.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ