Get Mystery Box with random crypto!

​​O‘qituvchining sochini olayotgan professional sartarosh so‘r | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

​​O‘qituvchining sochini olayotgan professional sartarosh so‘rabdi:

- nega maktab va Oliy ta’lim tizimimiz borgan sari yomonlashib ketmoqda?

O‘qituvchi ozgina o‘ylanib javob beribdi:
- tasavvur qiling, soch olish uchun ishlatadigan har bir instrumentingizni qo‘llanilishini yozma shaklda isbotlashingiz va tushuntirishingiz kerak, xar bir odamning sochini olish bo‘yicha kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yillik, 3 yillik, 5 yillik rejalar va istiqbol rejalaringizni tuzishingiz lozim, sochni yuvish tartibini, shampun va boshqa soch uchun kosmetik moddalarni izoxlab yozma xisobot tayyorlashingiz kerak. Bu ishlardan tashqari Sizning statusingizni belgilash “Bosh yuvish va sochga e’tibor” kabi mavzularda ma’ruza qilish xamda “Soch oldirish axborot texnologiyalari sharoitida tarixiy urf” mavzusidagi seminar va konferensiyalardagi chiqishlaringizga mijozlaringizning fikr-muloxazalari, taqrizlari asosida belgilanadi. Yuqoridagilarning qarori asosida o‘tkir tig‘li qaychidan foydalanish ta’qiqlanadi.
Har oyda bir necha marta nazoratga missiya keladi. Har bir mijoz bilan “avvalgi va keyingi holat” haqida selfi qilib, rasm chiqarib, uni hisobotga qo‘shib tikib, komissiyaga topshirasiz va bu haqiqat ekanligini og‘zaki suhbat o‘zingiz yoki salon raxbari bilan birga isbotlab berishingiz kerak. Davriy ravishda xar bir mijozingiz va qo‘shnilaringizning kommunal to‘lovlarini to‘lashayotganligi xaqida ma’lumotnomalarini to‘plab, topshirib borishingiz kerak.
Yana ba’zida mijozlaringizning uyiga borib, ularning sochlari yaxshi o‘sayotganligini, muammolari yo‘qligini, xech qanday psixologik yordam kerakmasligini so‘rashingiz kerak.
Yana oyda bir necha marta ixtiyoriy ravishda ko‘cha supurishga, yo‘l chetlarini va daraxtlarni oqlashga chiqishingiz kerak. Yilda bir marta metalolom va paxta yig‘ish mavsumida ishtirok etishingiz kerak.
Undan keyin ishdan bo‘sh vaqtingizda yana .....

- TO‘XTANG TO'XTANG, YeTADI!!! Sochni qachon olaman!! debdi.

P.S: Xulosa o'zingizdan

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ