Get Mystery Box with random crypto!

Bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25 may kuni soat 8:00 d | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25 may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etiladi.

2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablag‘larini yig‘ish;

bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi