Get Mystery Box with random crypto!

Bizdagi oliy taʼlim kerakmi? Bizda taʼlimga munosabat sovet p | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Bizdagi oliy taʼlim kerakmi?

Bizda taʼlimga munosabat sovet paytidan shakllangan. 20-30 yillarda kollektiv hoʻjalik tizimi hammani barobar qora ishchiga aylantirdi. Feodallikdan qutildik deb oʻylagan, qishloqlar aholisi kolxoz xizmatchisiga aylandi.

Chet elga surish imkonsiz. Qattiq nazorat, ogʻir mehnatdan chiqishning yoʻllaridan biri, markazga surish boʻlgan. Albatta maxsus bilimlarsiz buni imkoni boʻlmagan. Oliy taʼlim shunchaki bilim bermagan, qora hayotdan elitaga oʻziga xos portal vazifasini bajargan. U yerda

Buyruqlarni soʻzsiz bajarishni oʻrgatgan.
Yozilmagan tartib qoidalarni oʻrgatgan.
Maʼlum formada yurishni oʻrgatgan.
Sovet nomenklaturasi boʻyicha, koʻtarilish sirlarini oʻrgatgan.

Oʻqishda koʻzga koʻringanlar, keyinchalik kontoralarda, yillab vazifalarni hop deb bajarib maʼlum darajaga erishgan.

Elitaga kirgan odamga doim yengillik boʻlgan. Ogʻir mehnat qilmaslik, kvartira olish markazda yashash imkoniyati, mashinaga navbatga turish, sanatoriyada dam olish va hokazo.

Shu sababli, avvalo sovetga va raxbariyatga sodiqlik oʻrgatilgan.

Qishloqdan kelganlarni izgoy qilmasligi, ertaga bitirib yana orqaga qaytmasligi uchun, yaqinlari doim ustozlarini moylab kelishgan. Pioner, komsomol, komunizm pallaridan koʻtarilish uchun ikki barobar mehnat qilishgan.

Sovet parchalandi, lekin taʼlimga nisbatan tushunchamiz, usha xolida qoldi.

Hozir ham, mansabga koʻtarilish uchun taʼlim kerak. Oldin oʻylab koʻrish kerak, maqsadim chinovnik boʻlishmi yoki boshqa soxa vakilimi?

Maxsus taʼlim beradigan oʻqishlar bunga kirmaydi. Sababi u yerda kerakli bilimini olmasangiz befoyda. Maxsus mutaxassislikla oʻrgatadigan yoʻnalishlardan koʻra, umumiy hech nima oʻrgatmaydigan oʻqishlar koʻproq shunday vazifani bajaradi.

Agar chinovnik boʻlaman desa, ertalab voxlidan borib, forma galstukda oʻtirib, oʻqishdan tashqari topshiriqlarni ham qoʻli koʻksida xop deb bajarish kerak.

Hojiakbar Rajab

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi