Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar Talabi ️

Telegram kanalining logotibi talabalar_talabi — Talabalar Talabi ️ T
Telegram kanalining logotibi talabalar_talabi — Talabalar Talabi ️
Kanal manzili: @talabalar_talabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 436
Kanalning ta’rifi

"Talabalar Talabi"
2022 yil — Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili !!!
29-modda.
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.....

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-27 21:56:08 Iltimos faqat shoshilmanglar siz O'zbekistondagi serverlar orqali mandatni ko'rmoqchisiz bu esa katta sabr talab qiladi! ;)

@Talabalar_Talabi
434 viewsSherzod, 18:56
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:52:33 Якуний танлов натижалари (мандат) эълон қилинди

2022-2023 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари (мандат) эълон қилинди.

@Talabalar_Talabi
424 viewsSherzod, 18:52
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:47:46 Mandat e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Manba #masofatalim

@Talabalar_Talabi
447 viewsSherzod, 18:47
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:11:37 Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 20-avgustda bo‘ldi. Qonunchilikka ko‘ra, mandat shu sanadan boshlab bir hafta ichida e’lon qilinishi kerak. Bugun, 27-avgust kuni mandat chiqishi kerak bo‘lgan qonuniy sananing oxirgi kuni, demak.

Agar bugun soat 23:59 gacha mandat chiqmasa, kechikkan har bir kun qonunbuzilish hisoblanadi. O‘tgan yillardagi amaliyotdan ma’lumki, bu qonunbuzilish (mandatning kechikishi) uchun hech kim jazolanmagan.


Manba: #masofatalim

@Talabalar_Talabi
490 viewsSherzod, 17:11
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:39:17 #Mandat_kutayotganlar_bormi?

Sabr tagi — mandat

Mandat haliyam chiqmadi, chiqsa aytamiz. Qolgan joyidan kutishda davom etinglar :)

@Talabalar_Talabi
494 viewsSherzod, 14:39
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:49:00
Qoraqalpoq davlat universiteti bakalavriaturasi bo’yicha(kunduzgi) bazaviy kontrakt to’lovi rejasi ekan.

Bizga qoʻshiling
@Talabalar_Talabi
532 viewsシ︎𝐒𝐔𝐇𝐑𝐎𝐁༆, 09:49
Ochish/sharhlash
2022-08-27 07:29:07
Qoraqalpogʻiston yoshlariga barcha oliygohlarda alohida qabul kvotalari ajratiladi

@Talabalar_Talabi
501 viewsSherzod, 04:29
Ochish/sharhlash
2022-08-27 07:14:54 #achchiq_haqiqat

Hayvonlar o'z turlarini yeyishmaydi:
Akula - akulani;
Quyon - quyonni;
Eshak - kolbasani yemaydi...


@Talabalar_Talabi
503 viewsSherzod, 04:14
Ochish/sharhlash
2022-08-26 12:31:17
Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar uchun alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Qoraqalpogʻistonda taʼlimni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- faqat Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

- Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga topshiriq berdi.

Bizga qoʻshiling
@Talabalar_Talabi
511 viewsシ︎𝐒𝐔𝐇𝐑𝐎𝐁༆, 09:31
Ochish/sharhlash
2022-08-26 05:31:56 #Fikr #abituriyentlarga

Insitutga kirolmasam nima qilaman?

1. O'kinma. Biz bu dunyoga faqatgina diplomli bo'lish uchun kelmaganmiz.

2. Yiliga 19/25 mln kontrakt to‘laydigan universitet bilimi bilan sen shuncha daromad topa olasanmi? YO‘Q? Baribir talaba bo‘lganingdan keyin kimgadir, qayergadir o‘quv markaziga borasan yoki shogirt tushasan. Qarabsanki yana 5-6mln ortiqcha sarf va harakat senda tug‘iladi.

3. Tasavvur qil, o'qishga qabul qilinding. Har kuning soat 9 dan 14.00 gacha band.
Darslar davomida orqa partada video ko'rib o'tirgandan ko'ra, aynan shu vaqtni ingliz tilini o'rganishga sarfla. Uyingda o'rganma, kutubxona yoki kovorkingga bor.

4. Kovorking (kafe, kutubxona) da bekorchilik bilan shug'ullana olmaysan. Chunki puling ketyapti. 1 yilga qolmay tilni o'rganib olasan.

5. Tilni o'rgangach o'zingga oson bo'lgan sohada kurslarga yozil. LinkedIN learning, EDx, Udemy, Coursera, Lynda. 500$ atrofida sarflab bitta kasbli bo'lib olasan. O'zbek tilida o'rgansa bo'lmaydimi? Bo'ladi. Lekin katta ehtimol bilan baribir yuqoridagi manbaalardan qilingan tarjimalar asosida o'qiysan.

6. Biznes boshlasang ham bo'ladi. Qilinadigan ishlar ketma-ketligi xuddi shunday.

7. O'rtacha 2 yildan so'ng yaxshi natijalarga erishgach insitutga kirging kelmay qolar ham balki.

8. Eng muhimi 3 yildan so'ng, ko'tarilib ketgach, jamoaga chaqirganimda kelsang bo'ldi. Mensimay qo'ymasang albatta).

P.s Sansirab yozganimga e’tibor berma, men oliy ta’limni tamomlaganman


Bizga qoʻshiling
@Talabalar_Talabi
488 viewsシ︎𝐒𝐔𝐇𝐑𝐎𝐁༆, 02:31
Ochish/sharhlash