Get Mystery Box with random crypto!

Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar uchun alohida 6,5 mingta q | Talabalar Talabi ️

Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar uchun alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Qoraqalpogʻistonda taʼlimni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- faqat Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

- Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga topshiriq berdi.

Bizga qoʻshiling
@Talabalar_Talabi