Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar ™ | Rasmiy Kanal

Telegram kanalining logotibi talabalar_rasmiy_kanal — Talabalar ™ | Rasmiy Kanal T
Telegram kanalining logotibi talabalar_rasmiy_kanal — Talabalar ™ | Rasmiy Kanal
Kanal manzili: @talabalar_rasmiy_kanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.79K
Kanalning ta’rifi

✅ Albatta talabaga aylanamiz!
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol talabalar va abituriyetlar kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @rek_info
✨Admin:👉 @Lincolin_brm

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-09-12 06:23:36 Rasman: super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
17.9K viewsßεxruz, 03:23
Ochish/sharhlash
2023-09-11 17:31:57
Kvartira topdilarmi...


Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
17.7K viewsßεxruz, 14:31
Ochish/sharhlash
2023-09-10 12:41:51
#долзарб

Kredit-modul tizimi nega O‘zbekiston to‘liq ishlamayapti? Aslida bu tizimning talabaga va universitetga foydasi qanday?

Ijtimoiy tarmoqlarda kredit-modul tizimining talaba uchun foydasi ishlamayotgani, aksincha faqatgina universitet uchun foyda keltiradigan qismi ishlayotgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Barchaga yuboring
@Milliy_Universiteti_Rasmiy
12.9K viewsßεxruz, 09:41
Ochish/sharhlash
2023-09-09 17:31:54
2023/2024 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
12.8K viewsßεxruz, edited  14:31
Ochish/sharhlash
2023-09-07 20:36:45 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 3 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Arnold Bennett. Vasiyatnoma (hikoya)

Izoh
: Biz o’zbeklarda “arazlagan och qolar” degan maqol bor. Ingliz yozuvchisi Arnold Bennett juda qisqa bu hikoyasida bitta uyda yashab turib, bir-biri bilan uzoq yillardan beri gaplashmayotgan aka-uka voqeasini tasvirlaydi. Atigi 3 daqiqa vaqtingiz ketadi, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/arnold-bennett-vasiyatnoma

Audio hikoyani eshitish uchun:



Muhokama bu yerda.

Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

"Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
21.3K viewsßεxruz, 17:36
Ochish/sharhlash
2023-09-06 20:49:24 Kontraktdagi talabalar uchun to‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Demak, endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

• magistraturaga kirganlar;
• super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
• “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
• “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

Ushbu toifa vakillari uchun ham tez orada shartnoma olish imkoniyati paydo bo‘ladi, hozirda tegishli texnik ishlar ketmoqda.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
13.0K views🄼🅁. 🄰🄻🄸, 17:49
Ochish/sharhlash
2023-09-05 09:40:11 Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

Shuningdek, yana bir yengillik — tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.


Barchaga yuboring
@Milliy_Universiteti_Rasmiy
12.8K views🄼🅁. 🄰🄻🄸, 06:40
Ochish/sharhlash
2023-09-03 17:31:03
1-kurslarga yuborib qôyamiz

Barchaga yuboring
@Milliy_Universiteti_Rasmiy
12.9K viewsßεxruz, 14:31
Ochish/sharhlash
2023-09-03 17:01:29
Psixologik savol

Savol : Rasmga qarang. Faraz qiling shu holat siz bilan bo‘lyapti. Nima qilasiz-u vaziyatdan chiqib ketasiz?

Vaziyatdan chiqishni iloji bor.

Baribir ilojsiz deysizmi!?
Unda tirik qolish imkoni javobini o‘qing

(Pastdagi kanallarga a'zo bo‘ling. Rus tilini o‘rganamiz kanalida javobi yuqorisida qadab qo‘yilgan )
23.0K viewsTunder, 14:01
Ochish/sharhlash
2023-08-27 16:28:17
"Muvaffaqiyat formulasi" kursida siz

Ilmiy hamda publitsistik maqola yozishni o'rganish
2ta xalqaro nashriyotda shaxsiy kitobingizni chop etish va amazon.com saytiga joylashtirish
2ta xalqaro akademiyalarni tugatib, xalqaro akademiyalar sertifikati bilan taqdirlanish
Xalqaro va respublika jurnallarida 20, 30, 40%gacha chegirma bilan maqolangizni nashr etish imkoniyati
Davlat stipendiyalari va davlat mukofotlariga 0dan tayorlash (to hujjat topshirish muddatigacha birga ishlanadi)
Qozog'iston Respublikasi "Qo'sh qanot" xalqaro shoir va yozuvchilar uyushmasining rasmiy a'zosiga aylanish va xalqaro ijod jamg'armasi rasmiy guvohnomasi bilan taqdirlanish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz.

kurs mualliflari:
Sitora Hazratova-Oliy ma'lumotli pedagog, xalqaro akademiyalar bitiruvchisi
Shahrizoda Qo'ziyeva-Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi, magistraturaga imtiyozli grant sohibi

Murojaat uchun:
@sitora_khazratova
@kuzieva_shahrizoda

Batafsil
https://t.me/muvaffaqiyatformulasi1
20.6K viewsReklama menejeri, 13:28
Ochish/sharhlash