Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar ™ | Rasmiy Kanal

Telegram kanalining logotibi talabalar_rasmiy_kanal — Talabalar ™ | Rasmiy Kanal T
Telegram kanalining logotibi talabalar_rasmiy_kanal — Talabalar ™ | Rasmiy Kanal
Kanal manzili: @talabalar_rasmiy_kanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.84K
Kanalning ta’rifi

✅ Albatta talabaga aylanamiz!
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol talabalar va abituriyetlar kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @rek_info
✨Admin:👉 @Lincolin_brm

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-09-22 17:27:01
#talabaga_yengillik

1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
13.0K viewsßεxruz, 14:27
Ochish/sharhlash
2023-09-15 17:43:43 Rasman: endi ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga to‘liq grant kvota ajratiladi

Prezident farmoni bilan"O‘zbekiston — 2030" strategiyasi tasdiqlandi.

Unda:
ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq davlat granti asosida kvota ajratish;

120 ming o‘rinli o‘quv binosi, 150 ming o‘rinli yotoqxona qurish;

har yili 500 nafar yoshni chet elga o‘qishga yuborish qayd etilgan.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
13.0K viewsßεxruz, 14:43
Ochish/sharhlash
2023-09-13 06:47:47 Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
16.2K viewsßεxruz, 03:47
Ochish/sharhlash
2023-09-12 17:30:30 Konraktining 50 foizi toʻlab beriladi: imtiyozdan foydalanish haqida 5 ta muhim maʼlumot

"Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftariga" kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi.

Kontraktning qancha qismi to'lab beriladi?
Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi?
"Super kontrakt" ham to'lab beriladimi?
Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.

Xususiy universitetda o'qiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?
Ha, "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftariga" kiritilgan yoshlar O'zbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda o'qiyotgan bo'lsa, kontrakt bo'yicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida o'qiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yo'nalishi bo'lishi kerak.

Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?
Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

Masalan, talaba A ning kontarkt summasi 40 mln so'm, uning kontrakti yarmi 20 mln so'm bo'ladi, lekin unga 20 mln so'm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, ya'ni 16 min 500 ming so'mgacha.

Talaba B ning kontrakti 20 mln so'm, uning kontrakti yarmi 10 mln so'm va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln so'm to'liq qoplab beriladi.

"Super kontrakt" ham to'lab beriladimi?
Yo'q, "super" kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda o'qiyotganlarga ushbu imtiyoz qo'llanilmaydi.
Kimga murojaat qilish kerak?

Kontrakt "Yoshlar daftari" jamg'armasi hisobidan to'lab beriladi. Jamg'arma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari bo'limi hisoblanadi.

Shu sababli ariza yoshlar ishlari bo'limiga beriladi.

Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.

Ariza berishning aniq muddati yo'q, istalgan vaqtda berish mumkin.

Ariza qancha vaqtda ko'rib chiqiladi?
Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz ma'qul.

Sababi Siz ariza berganingizdan so'ng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko'rib chiqish uchun yuboradi.

Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to'g'risidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan bo'lishi shart.

Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida ko'rib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi o'z tashabbusi bilan kontrakt pulini o'tkazib berishi mumkin.

Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan so'ng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga o'tkazib beradi.

Shunda jami 11 ish kunida ariza ko'rib chiqilishi kerak.

Arizani ko'rib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi bo'lsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qiling.

Konraktining 50 foizi toʻlab beriladi: imtiyozdan foydalanish haqida 5 ta muhim maʼlumot

"Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftariga" kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi.

Kontraktning qancha qismi to'lab beriladi?
Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi?
"Super kontrakt" ham to'lab beriladimi?
Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.

Xususiy universitetda o'qiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?
Ha, "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftariga" kiritilgan yoshlar O'zbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda o'qiyotgan bo'lsa, kontrakt bo'yicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
13.8K viewsßεxruz, 14:30
Ochish/sharhlash
2023-09-12 14:25:22
Uydan qochgan 1-kurs talabalari...


Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
31.5K viewsßεxruz, 11:25
Ochish/sharhlash
2023-09-12 11:16:01 Keyingi oʻquv yilidan avval test topshirib, keyin yo'nalish tanlanadi

Yangi qarorga ko'ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
18.6K viewsßεxruz, edited  08:16
Ochish/sharhlash
2023-09-12 10:16:03
Ham pul ishlang, ham qishlog'imiz obodligiga hissa qo'shing!

@ALLOPENBUDJETBOT ga kiring va ovoz berish tugmasini bosib raqamingizni kiriting, har bir muvaffaqiyatli oʻtgan ovoz uchun 15.000 so‘mdan pul mukofoti beriladi!


To‘lovlar 1-2 soniya ichida avtomatik amalga oshiriladi!
20.2K viewsßεxruz, 07:16
Ochish/sharhlash
2023-09-12 06:23:36 Rasman: super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
17.9K viewsßεxruz, 03:23
Ochish/sharhlash
2023-09-11 17:31:57
Kvartira topdilarmi...


Barchaga yuboring
@Talabalar_Rasmiy_Kanal
17.7K viewsßεxruz, 14:31
Ochish/sharhlash
2023-09-10 12:41:51
#долзарб

Kredit-modul tizimi nega O‘zbekiston to‘liq ishlamayapti? Aslida bu tizimning talabaga va universitetga foydasi qanday?

Ijtimoiy tarmoqlarda kredit-modul tizimining talaba uchun foydasi ishlamayotgani, aksincha faqatgina universitet uchun foyda keltiradigan qismi ishlayotgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Barchaga yuboring
@Milliy_Universiteti_Rasmiy
12.9K viewsßεxruz, 09:41
Ochish/sharhlash